6
KIRISH
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan
biri-bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning
aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo’lgan munosabat o’zgardi.
Ta’lim ijtimoiy va
iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida
qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim
qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash,
egallash va nostandart
qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi
davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Mamalakatimizning har tomonlama rivojlanishi ko’p jihatdan oliy ta’lim
muassasalari yetishtirib beradigan mutaxassislarning bilimi va saviyasi bilan
chambarchas bog’liq, chunki bu kadrlar yosh avlodni o’qitishdan
tortib to turli
texnologik jarayonlarni boshqarishgacha bo’lgan murakkab va mas’uliyatli
vazifalarni bajaradilar.
Oliy ta’lim tizimida magistraturada tahsil olayotgan talabalarga “Fizikaning
zamonaviy tadqiqot usullari” fanini o’qitishdan maqsad – fizikaning zamonaviy
taqdiqot usullari turlari, tavsiflari, tasniflari va ularni turli
tadqiqot obyektlari va
jarayonlarni o’rganishda amaliy qo’llash prinsiplari va metodikalari bo’yicha
bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi - zamonaviy tadqiqot usullari, ular qo’llanadigan obyektlar
va jarayonlar haqida tizimli bilim berish, obyektlarning tuzilishi, xossalarini, fizik
jarayonlarni o’ganishda tadqiqot usuli yoki usullarini kompleks qo’llash, o’lchash
va kuzatish natijalarini tahliliy qayta ishlash va taqdimot qilish asoslarini
o’rgatishdan iborat. Hozirgi ilm-fanda moddaning tuzilishi va uning xossalarini
aniqlashda, ularda kechadigan fizik va kimyoviy jarayonlarni o’rganishda asosan
zamonaviy fizikaviy tadqiqot usullaridan foydalaniladi.
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ushbu o’quv
qo’llanmada fizikaviy tadqiqot usullarining turlari va
tasniflari, ularning rivojlanish
bosqichlari va bugungi kunda ilm-fan va sanoatda foydalanilishi; atom va
7
molekulalarning tuzilishi hamda ularni o’rganuvchi spektraskopiya turlari;
molekulyar birikmalar
massalari va shakllari, konformatsiyasi, xromatografiya
turlari; moddalarning mexanik, teplofizik, elektrofizik
va magnit xossalarini
tadqiq qilish jarayonlari; optik xossalar va lazer texnologiyalardan foydalanish;
nanofizika rivojlanishi va nanotexnalogiyalar ishlab chiqarilishi kabi mavzularda
atroflicha ochib berilgan hamda tahlil qilingan. Zamonaviy o’lchov
asboblari,
laboratoriya qurilmalarining ishlash prinsiplari, rivojlanish bosqichlari va ulardan
turli sohalarda foydalanish darajasi ko’rsaatib o’tilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmadagi ma’lumotlarni o’zlashirish zamonaviy
izlanuvchi talabalarning ilmiy darajasini yanada yuqori
bosqichga olib chiqishiga
umid bildirib qolamiz.
Dostları ilə paylaş: