D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


 Yarimo’tkazgichlarda kirishmalarning o’zaro ta’sirlashuvi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

7.2. Yarimo’tkazgichlarda kirishmalarning o’zaro ta’sirlashuvi. 
Kirishmalar o’zaro ta’sirlashuvning ko’rinishlari

Fazaviy muvozanatlar 
termodinamikasidan kristalda eriyotgan kirishmalar konsentratsiyasi kimyoviy 
potensiallar muvozanati orqali aniqlanadi. Agar har bir faza bir xildagi ideal 
nuqsonlardan tashkil topgan bo’lsa, ulardagi parsial kimyoviy potensiallar 
 
(7.1)


163 
ko’rinishda bo’ladi, bu yerda 
— nuqsonlar konsentratsiyasi, 
— birlik 
nuqsonnning erkin energiyasi. Umumiy kimyoviy potensial parsial kimyoviy 
potensiallar yig’indisiga teng bo’ladi. 
Kristaldagi kirishma atomlari eruvchanligini tavsiflash uchun kristalning va 
nuqsonlarning idealligiga e’tibor berish kerak. Bunda kiritilayotgan kirishma 
konsentratsiyasi nuqsonlar konsentratsiyasi tartibida ho’lishi kerak. Odatda bu 
oldindan aniq bo’lmaydi. Agar qandaydir nuqson katta 
ga ega bo’lsa, kichik 
konsentratsiyada ham kuchli ta’sir etishi mumkin. Bu ikki noaniqliklar mumkin 
bo’lgan har qanday nuqson kristaldagi eruvchanlikni tahlil qilganda to’la hisobga 
olishni ko’rsatadi. 
Shunday qilib, geterogen kristaldagi muvozanat komponentalar kimyoviy 
potensial muvozanatlashganda ro’y beradi. Bu shart atomlar orasidagi o’zaro ta’sir 
bo’lmaganda sodda ko’rinishda bo’ladi. Lekin o’zaro ta’sirning butunlay yo’q 
bo’lishi qaralayotgan sistemaga keskin chegara qo’yish bo’ladi. Kirishmalar 
ionizatsiyasi muvozanat jarayonlariga va elementlar eruvchanligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Buni hisobga olish uchun kimyoviy potensialga elektronning kimyoviy 
potensialini qo’shish kerak bo’ladi. Bu to’la va partsial erkin energiyaning 
o’zgarishidir. 
Kirishmalar o’zaro ta’siri ikkiga bo’linadi: tashqi va ichki. Ulardan birinchisi 
kristalning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini ifodalaydi. Ikkinchisi ichki o’zaro 
ta’sir bo’lib, kristallning erkin energiyasini o’zgartiradi. Bu o’zaro ta’sirlar 
quyidagi sinflarga bo’linadi: 

statik - kristall panjaradagi tarkibiy elementlarning siljishi; 

zaryadli - zaryadning saqlanish qonunini ta’minlovchi, kristallda 
qo’shimcha potensial hosil qilmaydigan o’zaro ta’sirlar;

potensial - kristall potensial energiyasi oshishi hisobiga erkin 
energiyaning o’zgarishiga olib keluvchi turli o’zaro ta’sirlar yig’indisi;


164 

assotsiativ (birikmalar hosil qiluvchi) - assotsiatsiya va birikmalar hosil 
bo’lishiga olib keluvchi, ya’ni yangi va kristall panjara bo’ylab yaxlit 
harakatlana oladigan o’zaro ta’sirlar. 
Kirishmalar o’zining tutgan o’rni va bajaradigan vazifalariga qarab bir necha 
turlarga bo’linadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin