D. T. P. I pedagogika fakulteti tillarni o’qitish: O’zbek tili yo’nalishi 1-bosqich 103-guruh talabasi Yo’ldosheva Maftunaning axborot texnalogiyalari fanidan tayyorlagan
Maftuna Yo\'ldosheva ,Axborot texnalogiyalari mustaqil ishi 1
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim ,fan va innovatsiyalar vazirligi
D.T.P.I pedagogika fakulteti tillarni o’qitish:O’zbek tili yo’nalishi 1-bosqich 103-guruh talabasi
Yo’ldosheva Maftunaning axborot texnalogiyalari fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
O’quv jarayonida texnik vositalardan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
• O’quv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan foydalanish. Multimediya sinflaridagi navbatchilik qilish (kalitlarni yig’ish, jihozlarning ishlashini va ularnu mavjudligini nazorat qilish, o’qituvchilarga yordam berish).
• O’TV ni tashkil qilish va muntazam ravishda yangilash.
• Kasb-hunar ta’limi bo’limlarining arizalarini to’plash, umumlashtirish va tizimlashtirish va shu asosda o’quv mashg’ulotlarini texnik o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash jadvalini tuzish.
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, informatika bo‘yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatika aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo‘lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini, uning ertangi kuni, rivoji to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo‘yicha bir qator o‘quv fanlari kiritilgan.
XX asr o`rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko`pgina masalalarni xal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig‘ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo`lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyutyerda ishlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
KT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi.
AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir.
AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Robotexnika
Ma’lumki “robot” so‘zi bizning so‘z boyligimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so‘zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo “mexanik odamlar” undan oldinroq ham ma’lum edi. O‘rta asrlarda inson talantlariga ega bo‘lgan musiqachi-qo`g`irchoq yoki rassom-qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi ma’lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og‘ir va zarrarli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo‘ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo‘lmasa-da, ko‘plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, “O‘z DAEWOO avto” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo‘lishi ko‘p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o‘zgartirib yuboradi. Endi siz to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokor xuzuriga yo‘l olasiz. Uning ish stolidadan odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi xattoki, siz oldin murojaat etgan bo‘lsangiz, sizning ham tarixingiz yozib qo‘yilgan. Birinchi bor murojaat etayotgan bo‘lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o‘zida shifokor kompyutyerga kiritib qo‘yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma’lumotlar kompyutyerga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo‘yilib chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyutyerdan ushbu dorilarni eng yaqin bo‘lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.