D tashmuxamedova


Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining modellari



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə130/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining modellari


O‘zbekistonda optimal Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yaratish maqsadida Frantsiya, AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar misolida bu sohadagi ilg‘or xalqaro tajriba o‘rganildi. Turli davlatlarda g‘aznachilik funksiyalariga oid xalqaro tajribani batafsilroq ko‘rib chiqamiz.


Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilmasi davlatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo‘linishi, iqtisodiyotining rivojlanishi darajasi, uning tarkibiy belgilariga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat boshqaruvining ikkita shakli ma’lum: yagona (unitar) va federativ.
Unitar davlatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) boshqarishning ikki bo‘g‘ini - markaziy va hududiy bo‘g‘inlar mavjud.
Federativ davlatlarda (AQSh, Kanada, GFR, Shveytsariya) boshqarish uchta bo‘g‘indan iborat - markaziy, federatsiya a’zolari va hududiy.
Xalqaro tajribalarning ko‘rsatishicha, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish, odatda, G‘aznachilik yoki bir nechta davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida moliyani boshqarish Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Federal G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Moliya vazirligi G‘aznachiligi bevosita Prezidentga bo‘ysunadigan bo‘linma bo‘lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funksiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni
tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob- kitob va audit funksiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G‘aznachilikning bir qismi hisoblanadi.



    1. rasm. Xorijiy mamlakatlarda g‘aznachilik tizimining modellari133


Byudjetning xarajatlar bo‘yicha ijrosi Byudjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Byudjet derektorati o‘z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar





133 Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2013. - 476 b.

yordamida mablag‘larni xarajat qilishni nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazorat qilinadi: Frantsiyadagi G‘aznachilik Avstraliyadagi G‘aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to‘lov muddatiga va tarkibiga bog‘liq masalalarni yechadi. Frantsiyada ham davlat moliya axborot tizimi samarali faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur tizimda byudjetni tayyorlash, byudjet hujjatlarini nashr qilish va byudjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Byudjet derektorati va tarmoq vazirliklarini bog‘laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) asosida yagona hisobraqamdagi mablag‘lar to‘g‘risida to‘liq axborot olish uchun bir kun ketadi, har hafta to‘liq kengaytirilgan ma’lumotlar olish mumkin. Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish mablag‘ jalb qilish bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag‘ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi. Quyidagi jadvalda Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

      1. Yüklə 5,5 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin