Dars berish jarayonida turli metodlarni qoilashni hozirgi paytda keng targlb qilinayotganiga qaramay, hali kutilgan natijaga erishilgani yo‘q. Buning qator sabablari quyidagicha:
dars jarayonini turli metodlar asosida tashkil etish, metod- larni qanday qo‘llash bo‘yicha metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi;
interaktiv metodlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarga tayyorgarlikning ko‘p vaqt va mablag1talab qilishi;
interaktiv metodlarni keng qoilash uchun barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida moddiy bazaning yetarli emasligi;
dars jarayonini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan to‘siqlar.
Darsni tashkil qilish bilan bog'liq qiyinchiliklar — shovqin, dars puytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.
Dars jarayonida qo'llanishi kerak bo'lgan texnik vositalar, darslik, zarur o'quv qurollari yetishmasligi kabilar ham qiyinchiliklar tug'diradi.
0‘qituvchininig o'z fanini puxta bilmasligi, fanga doir yangilik- Inrdnn xabardor emasligi, o'zini biror-bir aybi bor yoki biror narsa yctlshmnyotganday tutishi ham dars o'tishda qiyinchilik tug'diradi.