D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
а) Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu, bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bogiiq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ko‘payishi bilan bog'liq. Masalan, O'zbekistonda aholi soni 1990-yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 marta ko‘paydi. Agar individual ehtiyoj o‘zgarmadi, deb hisoblaganimizda ham, jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Masalan, har 100 oilaga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobil- lar soni 1,3 martaga ko'paydi. Demak, avtomobillardan foydalanish bilan bogiiq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko'paydi.