D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari esa quyidagilar:
xo‘jalikda sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hujjatlarda o'z vaqtida rasmiylashtirish;
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlar haqida to‘liq va ishonch- li ma’lumotlarni shakllantirish;
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Buxgalteriya hisobining ham o'z obyektlari va subyektlari bor. Buxgalteriya hisobining obyektlari quyidagicha:
Buxgalteriya hisobining subyektlari «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda ko'rsatilgan. Qonunning 3-moddasiga bi- noan qaerda joylashganligidan qat’i nazar, 0‘zbekiston Republikasi hududida ro‘yxatga olingan barcha xo'jalik subyektlari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘limlari hisob subyektlari hisoblanadi.
Yuridik Shaxs hisoblanmaydigan, ammo bankda schyotga va tugallanmagan balansga ega bo'lgan xo'jalik subyektlari ham buxgalteriya hisobi subyektlari hisoblanadi va ular «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hisob yuritadilar.