IX B O B . FIRM A NING IC H K I V A T A SH Q I BO ZO RD AG I B IZ N E S ST R A T E G IY A SIN I TA NLASH 9.1. Kompaniyaning marketing dasturini ishlab chiqish Tor m a’noda marketing dasturi (biznes-reja) hujjat b o iib ,
korxonaning bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi.
M arketing dasturi kengroq ma’noda esa, korxona imkoniyatlarini bozor
talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va
nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa
muddatli (bir yilgacha), o ‘rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli
(o‘n yilgacha va ko ‘proq) b o ia d i. Ular umumiy shaklda yoki
korxonaning maxsus faoliyatlariga m o ijallang an b o iish i mumkin.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish
uslubiga asosan, korxonaning m oijallan g an maqsadga erishish va uni
bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy
b o iim lari
I. Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil) -Faoliyati, shart-sharoitlar va resurslari, samarali natijaga erishish
y o ‘nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
II. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash. (Marketing sintezi) Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va
bozorda foydaga erishish y o ilarin i aniqlash.
III. Strategiyani ishlab chiqish Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridai samarali
foydalanishni ko ‘zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor
segmentlarini, marketing vositasini,
bozorga kirish vaqtini va
boshqalami tanlash).
IV. Rejani ishlab chiqish Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va
boshqalami amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish
tizimi.
157