4.9. Daraxtni muvozanatlash algoritmi Binar daraxt muvozanatlangan yoki AVL-muvozanatlangan bo‘lishi mumkin. Daraxt AVL-muvozanatlangan (1962 yil sovet olimlari Adelson, Velsk
Georgiy Maksimovich va Landis Yevgeniya Mihaylovichlar tomonidan taklif qilingan) deyiladi, agar daraxtdagi har bir tugunning chap va o‘ng qismdaraxtlari balandliklari farqi 1 tadan ko‘p bo‘lmasa.
Berilgan butun sonlar – kalitlar ketma-ketligidan binar daraxt yaratib olamiz va uni muvozanatlaymiz. Daraxtni muvozanatlashdan maqsad, bunday daraxtga yangi element kiritish va daraxtdan element izlash algoritmi samaradorligini oshirishdan iborat, ya’ni bu amallarni bajarishdagi solishtirishlar soni kamayadi. Binar daraxtni muvozanatlash algoritmi quyidagicha bo‘ladi.
Algoritm Binar daraxtni yaratib olamiz.
Binar daraxtni chapdan o‘ngga ko‘rikdan o‘tkazamiz va tugunlarning info maydonlaridan a[..] massiv hosil qilamiz. Tabiiyki, massiv o‘sish bo‘yicha tartiblangan bo‘ladi.
Muvozanatlangan daraxtning tugunlarini belgilash uchun massivni ko‘riladigan oralig‘ini belgilab olamiz, ya’ni start=0 va end=n-1.
Massivning ko‘rilayotgan oralig‘i o‘rtasida joylashgan elementni, ya’ni mid=(start+end)/2 va a[mid] ni muvozanatlangan daraxtning tuguni qilib olinadi. Agar ko‘rilayotgan oraliqda bitta ham element qolmagan bo‘lsa, ya’ni start>end bo‘lsa, bajarilish joriy seansdan keyingisiga uzatiladi.
Ko‘rilayotgan tugunning chap qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‘rilayotgan oralig‘ining 1-yarmini olamiz, ya’ni start=0 va end=mid-1. 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
Ko‘rilayotgan tugunning o‘ng qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‘rilayotgan oralig‘ining 2-yarmini olamiz, ya’ni start=mid+1 va end=end (oldingi qadamdagi end). 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
Datur kodi node *new_tree(int *arr, int start, int end) { if(start>end) return NULL; else { int mid=(start+end)/2; node *tree=new node; tree->info=arr[mid]; tree->left=new_tree(arr,start,mid-1); tree->right=new_tree(arr,mid+1,end); return tree; } }