Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda



Yüklə 178,63 Kb.
səhifə16/19
tarix24.05.2022
ölçüsü178,63 Kb.
#59281
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'g\'iloy diplom ishi

AQSh ning milliy xavfsizligini ta’minlash tizimi. Milliy xavfsizlik agentligi (MXA-NBA) – radioelektron tutib qolish sohasida jahonda peshqadam hisoblanadi. Agentlikning maqsadi – texnik vositalar yordamida AQSh ning milliy xavfsizligini ta’minlash.
AQSh ning tashqi xavfsizligini ta’minlashda Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB-SRU)ga asosiy o‘rinlardan biri ajratilgan. U yerda boshqa davlatlar tomonidan milliy axborot infratuzilmaga qilinadigan tahdidlar haqidagi axborotlarni qidirish va
Federal tekshirishlar byurosi (FTB-FBR) ham, eng avvalo AQSh infratuzilmasini himoyalash nuqtai nazaridan axborot urushi doktrinasini tatbiq qilishda ishtirok etadi. AQSh da kompyuter jinoyatchiligiga qarshi kurashish maqsadida 1996-yili «Kompyuterlarni qo‘llash orqali firibgarlik va suiiste’mol qilishlar to‘g‘risida»gi federal qonun qabul qilingan va ushbu turdagi jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha FTB tarkibida bo‘linma tashkil etish ko‘zda tutilgan. FTB telekommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladigan ayg‘oqchilik, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish, davlat instansiyalarni aldash, terrorizm, xiyla ishlatish va firibgarlik kabi noxush holatlarni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Uning tarkibiga kompyuter jinoyatchiligi bilan shug‘ullanuvchi yettita bo‘linma kiradi, ularning shtati 300 kishini tashkil qiladi.
AQSh ning Mudofaa vazirligi (MV) xalqaro Internet tarmog‘ining ajdodi hisoblanib, birinchi bo‘lib mamlakatning xavfsizligiga yangi tahdidning va axborot qurolining kuchini anglab yetdi va hozirgi vaqtda harbiy sohada axborot urushi doktrinasini tatbiq qilishda yetakchi o‘rinni egallaydi. MV ilmiy kengashining ekspertlar komissiyasi axborot urushi hodisasiga qarshi harbiy telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlari xavfsizligini ta’minlovchi shoshilinch choralarni qabul qilish lozimligi haqida doklad tayyorladi. Pentagon harbiy avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini «qizil buyruqlar» deb ataluvchi zaiflikka tekshirish uchun harbiy kompyuter tarmoqlarini himoyasini ta’minlash bilan shug‘ullanish maqsadida xakerlarni ishga qabul qiladi.
Hozirgi kunda AQSh idoralari faoliyatidagi umumiy tendensiya axborot urushi olib borishning asosiy tashkiliy va konseptual prinsiplarini ishlab chiqish, axborot texnologiyalarni qo‘llab yangi ish usullarini qidirish hisoblanadi.
Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi. Buyuk Britaniyada axborot xavfsizligini ta’minlash davlat tizimini yaratishda axborot urushi dushmanning axborot tizimiga ta’sir etuvchi va bir vaqtda mamlakatning shaxsiy tizimlarini himoyalovchi harakatlar deb qaraladi.
Buyuk Britaniyaning Razvedka va xavfsizlik bo‘yicha parlament komiteti Britaniya maxsus xizmatlari ustidan nazorat idorasi sifatida 1994- yilda tashkil
razvedka xizmati. SIS Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tizimiga kiritilgan bo‘lib xorijda 87 ta qarorgohga va Londonda shtab-kvartiraga ega. SISni Bosh direktor boshqaradi va u bir vaqtning o‘zida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari ham hisoblanadi. Shunday qilib, formal ravishda SIS Buyuk Britaniyaning TIV nazorati ostida hisoblanadi, biroq, shu bilan birga u to‘g‘ridan-to‘g‘ri premyer-ministrga chiqishi mumkin.
Kontrrazvedka xizmati – Military Intelligence-5 (MI-5) 1909-yilda ichki xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi maxfiy xizmatlar Byurosining ichki departamenti sifatida tuzilgan.
Hukumat aloqa markazi Buyuk Britaniyaning maxsus xizmatlar tizimida radioayg‘oqchilik uchun javob beradi. Markaz TIV tarkibiga kiritilgan bo‘lib, xodimlarining soni va axborotni topish hajmi bo‘yicha mamlakatning yirik idoralaridan biri hisoblanadi.
Germaniyaning axborotni himoyalash tizimi. Axborot oqimlarining xavfsizligini ta’minlashga mas’ul koordinatsiyalovchi hukumat idorasi bo‘lib 1991-yilda tashkil etilgan Federal xavfsizlik xizmati (BSI) hisoblanadi. Bu xizmat axborot texnikasi sohasidagi xavfsizlikni ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda BSI faoliyatining umumiy konsepsiyasi NATO va YES bilan yaqin hamkorlikda quyidagi funksiyalarni bajarilishini ko‘zda tutadi:

  • axborot texnologiyalarni joriy etishdagi ehtimoliy xavfni baholash;

  • milliy kommutatsiya tizimlarining himoyalash darajasini baholash uchun mezonlar, usullar va sinov vositalarini ishlab chiqish;

  • axborot tizimlarining himoyalanish darajasini tekshirish va muvofiqlik sertifikatlarini berish;

  • muhim davlat obyektlariga axborot tizimlarini joriy etish uchun ruxsatnoma berish;

  • davlat idoralari, politsiya va boshqa idoralarda axborot almashinishda maxsus xavfsizlik choralarini amalga oshirish;

  • sanoat vakillariga maslahatlar berish. Xavfsizlikni ta’minlovchi boshqa davlat idoralari:

  • Germaniyaning federal razvedka xizmati (Bundesnachrichten-dienst

/BND/). BND federal kansler boshqarmasiga bo‘ysunadigan bo‘linma hisoblanadi. BNDning shtat tarkibi 7000 kishidan ziyodni tashkil etadi, ulardan 2000ga yaqini bevosita xorijda razvedka ma’lumotlarini yig‘ish bilan band. Xodimlar orasida taxminan 70 ta turli soha vakillari: harbiy xizmatchilar, huquqshunoslar, tarixchilar, muhandislar va texnik mutaxassislar mavjud. Rossiya Federatsiyasi (RF)ning axborot xavfsizligini ta’minlovchi davlat idoralari strukturasi. Axborot xavfsizligining davlat siyosatini ishlab chiqish, qonunlar, normativ-me’yoriy hujjatlar tayyorlash,
axborotni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarni bajarilishi ustidan nazoratni davlat idoralari amalga oshiradilar.
RF Prezidenti axborot xavfsizligini ta’minlovchi davlat idoralariga boshchilik qiladi. U Xavfsizlik kengashini boshqaradi va davlatda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir farmonlarni tasdiqlaydi.
Mamlakatning davlat xavfsizligiga oid boshqa masalalar bilan bir qatorda axborot xavfsizligi tizimining umumiy boshqaruvini RF Prezidenti va Hukumati amalga oshiradi.
RF Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi davlat xavfsizligi masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi hokimiyat idorasi hisoblanadi. Xavfsizlik Kengashi tarkibiga Axborot xavfsizligi bo‘yicha idoralararo komissiya kiradi. Komissiya davlatning axborot xavfsizligi sohasida Prezident farmonlarini tayyorlaydi, qonun chiqarish tashabbusi bilan chiqadi, vazirlik va idoralar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha idoralararo komissiyaning ishchi idorasi bo‘lib RF Prezidenti huzuridagi Davlat texnik komissiyasi hisoblanadi. Bu komissiya qonun loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradi, normativ me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi, axborotni muhofaza qilish vositalarini (kriptografik vositalardan tashqari) sertifikatlashtirishni tashkil etadi, himoya vositalarini ishlab chiqish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashtiradi va axborotni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitadi. Axborotni muhofaza qilish sohasida izlanishlar olib boruvchi davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bu komissiya Davlat sirini himoyalash bo‘yicha idoralararo komissiya ishini ham ta’minlaydi.
Davlat sirini himoyalash bo‘yicha idoralararo komissiyasiga davlat sirini tashkil etadigan ma’lumotlardan foydalanish, axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish hamda davlat sirini himoyalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korxona, muassasa va tashkilotlarni litsenziyalashni boshqarish vazifasi yuklatilgan.

  • RF vazirlik va idoralarida axborot xavfsizligi siyosatining mos darajalarini Konstitutsiyani himoyalash federal byurosi (Verfassungsschutz

/BfV/). Ushbu byuro BND va BSI bilan bir qatorda mamlakatning uchta maxsus xizmatlaridan biri hisoblanadi va u Germaniyaning ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunadi. Barcha federal yerlarda mahalliy ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunadigan o‘zining mos xizmatlari mavjud. Har yili to‘plangan axborotlar asosida Konstitutsiyaga rioya etilganligi doirasidagi ish holati haqida hukumatga hisobot taqdim etiladi, unda xulosalar va tavsiyalar qilinadi. Hukumat, o‘z navbatida, aniq choralarni amalga oshirish kerakligi haqida qaror qabul qiladi. Axborotning yarmidan ko‘pini maxsus xizmat ochiq manbalardan: ommaviy axborot vositalarida chop etilgan nashrlar, Internet, majlis va mitinglarda ishtirok etish orqali yig‘adi. Axborotning bir qismi ayrim kishilardan va boshqa idoralardan kelib tushadi.
Fransiyada axborotni himoyalash tizimi. Fransiya kibermaydonda o‘zining fuqarolarini nazorat qilish bo‘yicha tuzilma tashkil etgan. Fransuzlar «Eshelon» nomli Amerika tizimiga o‘xshash o‘z tizimini yaratdilar. U deyarli barcha xususiy global kommunikatsiyalarni tutib qolishga yo‘naltirilgan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha siyosatning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bilan CLUSIF (Club de la securite informatique francaise) birlashmasi shug‘ullanadi. U o‘zining statusi bo‘yicha informatika sohasida ishlovchi yuridik va fizik shaxslarning ochiq assotsiatsiyasi hisoblanadi. CLUSIF davlat tomonidan to‘liq qo‘llab quvvatlanadi va maxsus xizmatlar bilan yaqin aloqaga ega.
Fransiyaning maxsus xizmati strukturasi. Fransiya razvedka uyushmasining umumiy shtati, uchta har xil vazirlikka bo‘ysunuvchi xizmatlarda ishlaydigan 12779 ga yaqin xodimlardan iborat. Uchta xizmat Tashqi xavfsizlikning Bosh direksiyasi (DGSE); Harbiy razvedka boshqarmasi (DRM) va Harbiy kontrrazvedka boshqarmasi (DPSD) Mudofaa vazirligi himoyasida faoliyat olib boradi. Maxsus xizmatlarga jandarmeriyani (Gendarmerie) ham kiritish mumkin. Uning vazifalaridan biri bo‘lib razvedka faoliyatini yuritish hisoblanadi – jandarmeriyaning har bir qismida razvedka bo‘limi mavjud. Ikkita maxsus xizmat: kontrrazvedka (DST) va Bosh razvedka xizmati (RG) Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysungan.
boshqarishni ta’minlovchi iyerarxiyaga asoslangan tuzilmalar mavjud. Bu tuzilmalar, turli-xil nomlangani bilan o‘xshash funksiyalarni bajaradilar



Yüklə 178,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin