Qoidaga ko’ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig’ini to’lash; boshqaruvning tegishli qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo’shiladigan, o’tgan yilgi foyda hisobidan ustav kapitalini ko’paytirish; dividendlar to’lash.
Qo’shma korxonalar foydasiga keladigan bo’lsak, u byudjetga to’lanadigan summalar va zahiralar yaratish hamda ularni to’ldirishga yunaltirilgan summalar chegirib tashlanganidan so’ng, qo’shma korxona ishtirokchilari o’rtasida, ularning ustav kapitalidagi hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko’zda tutil magan bo’lsa.
Qo’shma korxonaning xorijiy ishtirokchilariga korxona faoliyatidan olingan foydani taqsimlash natijasida tegishli bo’lgan, so’m va chet el valyutalaridagi summalarni, shuningdek,
taqsimlangan erkin muomaladagi valyutada olingan daromadning tegishli ulushini ularning mamlakatlariga o’tkazib berish kafolatlanadi.
Auditor korxonaning foydasi (daromadi)ni va moliyaviy holatini tekshirishda quyidagilarni puxta o’rganishi lozim: tayyor mahsulotlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foydalar yoki ko’rilgan zararlar; davr sarflari, ularning asoslanganligi, tasdiqlangan smetaga muvofiqligi va moliyaviy natijaga ta’siri.
Bunda, jumladan, quyidagilarni tahlil qilish zarur: asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (bino va inshootlarni buzish va bo’laklash, qo’rilmalarni demontaj qilish va shunga o’xshashlar), asosiy vositalarni boshqa tashkilotlar va korxonalarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; nomoddiy aktivlarni boshqa korxona va tashkilotlarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan ko’rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va neustoykalar to’lash bilan bog’liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda, boshqa daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan zahira qilinib, boshqa korxonalar va tashkilotlar (chet elliklarni ham qo’shib), shuningdek ayrim shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali qarzlar summalari; «Boshqa daromadlar va tushumlar» ga quyidagilar kiradi: korxonaning asosiy fondlari va boshqa mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o’tib ketgan, kreditor va deponentga o’tkazilgan qarzlarni hisobdan o’chirishdan olingan daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo’jalik shartnomasining boshqa shartlarini buzganligi uchun undiriladigan boshqa turdagi sanktsiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo’jaliklar va boshqalardan olinadigan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo’yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib borilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan zararlarni tekshirishda auditor moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar ham tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va 9720«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning sharhlarida ko’rsatilishicha, xorijiy davlatlar amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko’rilgan katta yo’qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko’rilgan yo’qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o’zgarishi natijasida ko’rilgan yo’qotishlar, masalan, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish (natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda yo’qotishlar meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo’lgan tabiiy ofatlar to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari favqulodda hodisalardan sug’urta qilinganligi va boshqalar.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim: byudjetga soliqlarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishi; shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar yaratilishining to’g’riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o’rtasida o’z vaqtida va to’g’ri taqsimlanishi; aktsiyadorlarga dividendlar to’lashning to’g’riligi.
Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniqlansa, unda korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratishi mumkin. Bunda qarzdorning moliyaviy holati, to’lov kobiliyati va qarzni to’liq yoki qisman summada qoplay olish ehtimoliga qarab zahira hajmi har bir shubhali qarz bo’yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zahiralar summasi 9430«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo’yicha) yoki 8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar» schyoti kreditida aks ettiriladi.
Ushbu masalani ko’rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi (korxona debitor qarzlarining
inventarizatsiya ro’yxati, solishtirish dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan ta’mirlash ishlari o’tkazish uchun mablag’lar zahirasi yaratadilar. Agar ta’mirlanadigan asosiy vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu jarayonda ishlatiladigan bo’lsa, bu zahiraga qilinadigan ajratmalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari tarkibiga «boshqa xarajatlar» elementi bo’yicha qo’shiladi. Zahira hajmi ta’mirlash ishlari uchun kutilayotgan xarajatlar qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va ishlatilishini tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish uchun Moliya Vazirligining ruxsati borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni hisobda aks ettirishning to’g’riligi; to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira qoldig’i qolganda
«storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit 8910«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar zahirasi» analitik schyoti).