Dars ishlanma tuzuvchi: rajabboyeva gulnora



Yüklə 16,94 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü16,94 Kb.
#174218
DARS ISHLANMA (1)


DARS ISHLANMA



TUZUVCHI: RAJABBOYEVA GULNORA

Sana: 10.11.2023


Fan nomi: Matematika
Darsning mavzusi: Algebraik materialni o’rganish metodikasi
Dars maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarni algebraik masalalar bilan tanishtirishning umumiy masalalari. O’quvchilarni ifoda, sonli va harfiy ifodalar bilan tanishtirish.
Dars turi: Yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi, yangi mavzu o’tish dars
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish.
Davomad va darsga tayyorgarligini o’rganish
o’tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash): masalalar yechish rejasi necha bosqichda o’rganiladi? Va ular qaysilar? Uyga qanday vazifa berilgan edi(14-40-betlardagi masalalarni rejaga qo’yish)? Kim bajarib keldi?
Yangi mavzuni tushuntirish:
O’quvchilarni ifoda, sonli va harfiy ifodalar bilan tanishtirish metodikasi
Sonlar va ular ustidagi amallarni belgilaydigan matematik simvollarning ma’lum qoidalar bo’yicha tuzilgan ketma – ketligi matematik ifoda deb ataladi. Ushbu ko’rinishdagi yozuvlar sonli ifodalardir:
14+2, 6 – 4, 5 4 – 3, (27 – 14) + 3+5 va hokazo.
Ushbu ko’rinishdagi yozuvlar o’zgaruvchili ifodalardir:
A – b, 14 + c; b(35 – b) : 5.
Matematika dasturida bolalarni matematik ifodalarni yozish va o’qishga o’rgatish, amallarning bajarilish tartibi qoidalari bilan tanishtirish, hisoblashlarni bajarishda ulardan foydalanishga o’rgatish, ifodalarni aynan almashtirish bilin tanishtirish ko’zda tutilgan.
O’quvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirishda metodikada ma’lum bosqichlar ko’zda tutiladi
I bosqich. I sinfning boshidayoq, qo’shish va ayirish amallari ma’nosini o’zlashtirish bosqichida bolalar bunday ifodalarni o’qiydilar: «beshga birni qo’shsak, olti hosil bo’ladi», «sakkizdan uchni ayirsak, besh chiqadi». Misollarning yozuvdagi « + » va « – » belgilarining manosi ushbu alomat bo’yicha o’zlashtiriladi: agar ko’payadigan (kamayadigan) bo’lsa, demak, qo’shamiz (ayiramiz), demak « + » (« – » ) belgisini qo’yish kerak.
Birinchi sinfdan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi:
3 + 2. Bu 3 va 2 sonlarining yig’indisi. U 5 ga teng.
6 – 4. Bu 6 va 4 sonlarining ayirmasi. U 2 ga teng.
Ii bosqich. Ikkinchi bosqichda matematik ifodalar bilan tanishish ko’pincha 1 – bosqich amallari deb ataladigan
4 + 5 – 3, 3 + 3 + 3, 8 – 2 – 2, 10 – (3 + 4)
Kabi ifodalarga va 2 – bosqich amallari deb ataladigan
8 : 2 ∙ 3, 5 ∙ 4 : 10, 3 ∙ 2 ∙ 4, 20 : 2 : 5 kabi ifodalar xosdir.
Bunday ifodalarni hisoblash usullarini ochib berayotib, o’qituvchi matematiklar bunday ifodalarning qiymatlarini, ularda amallar qanday tartibda yozilgan bo’lsa shu tartibda bajarib hisoblashga kelishib olganliklarini aytadi va bunday ifodalarni o’qishga o’rgatadi:
4 + 5 – 3 - «to’rtga beshni qo’shing va natijadan uchni ayiring»;
5 ∙ 4 : 10 - «beshni to’rtga ko’paytiring va natijani 10 ga bo’ling».
Iii bosqich. Bu bosqichdagi ifodalar to’rt amalning hammasini o’z ichiga oladi: 5 ∙ 3 + 10, 43 – 7 ∙ 6, 4 ∙ 8 + 15 : 5, 27 : 3 – 2 ∙ 4.
Bunday ifodalarda ham eng sodda ifodalarni birlashtiradigan amallar belgilari ikkiyoqlama manoga ega: qanday amalni bajarish kerakligini bildiradi va ifodani belgilash uchun xizmat qiladi.
Murakkab ifodalarni tuzish matematik diktant yordamida kiritilishi mumkin, masalan:
« 8 va 4 sonlarining ko’paytmasini yozing, endi esa uni hisoblamasdan 20 sonini qo’shing. Qanday ifoda hosil bo’ladi?»
8 ∙ 4 + 20 ( 8 va 4 sonlarining ko’paytmasiga 20 sonini qo’shdik).
Uni qanday tartibda yozgan bo’lsak, shu tartibda hisoblaymiz. Avval ko’paytirishni bajaramiz: 8 ∙ 4 = 32, natijaga 20 ni qo’shamiz: 32 + 20 = 52. «+» ifodasi nimani bildiradi (20 soni bilan qanday amal bajarish kerakligini bildiradi)? Biz 20 sonini qo’shdik, shuning uchun u qo’shiluvchi bo’ladi. 20 ni nimaga qo’shdik ( 8 ∙ 4 ko’paytmaga), demak, 8 ∙ 4 ko’paytma ham bizning ifodada qo’shiluvchi bo’ladi. Uni bunday o’qish mumkin: birinchi qo’shiluvchisi 8 va 4 sonlarining ko’paytmasi, ikkinchi qo’shiluvchisi esa 20 bo’lgan yig’indi.
Ko’pkarra mashqlar jarayonida o’qituvchining intonatsiyasi diqqat bilan tinglab va gapning tuzilishtni tahlil etib, o’quvchilar murakkab ifodalarning yozilish usulini egallaydilar, ikkala komponenti ( tashkil etuvchisi) ifodalar orqali berilgan ifodalar yoziladi va hisoblanadi
(5 ∙ 3 + 8 : 2, 26 : 2 – 3 ∙ 4 va hokazo).
Iv bosqich. Bu bosqichga qavslarni o’z ichiga oladigan ifodalar qaraladi
Qavslvrni kiritishga doir dars bo’lagining variantlaridan biri mana bunday: katakli taxtachada

+

-

2

7

Kartochkalar qo’yilgan.


Topshiriq: kartochkalardan foydalanib, ifodalar tuzing, ularni aytib bering. O’quvchilar tuzadilar: 7 + 2 , 2 + 7 ( 2 va 7 sonlarining yig’indisi ) 7 – 2 ( 7 va 2 sonlarning ayirmasi). O’qituvchi bu ifodalarni 7 + 2, 7 – 2, 2 + 7 kartochkalar bilan almashtiradi va «+» «–» «10» kartochkalarini qo’shadi.
Topshiriq : bu kartochkalardan yangi ifodalar tuzing va ularni o’qing.
Mustahkamlash:
.qavslarni shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin:
25 – 15 : 5 = 2, 3 ∙ 6 – 4 = 6, 24 : 8 – 2 = 4.
2.yulduzchalar o’rniga «+» yoki « – » belgilarini shunday qo’yingki, to’g’ri tengliklar hosil bo’lsin:
3 * 7 = 34, 38 * 3 * 7 = 42, 38 * 3 * 7 = 28, 38 * 3 * 7 = 48.
3.yulduzchalar o’rniga amallar ishoralarini shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin:
12 * 5 * 2 = 4, 12 * 6 * 2 = 9,
6 * 2 = 24, 12 * 6 * 2 = 0.
Uyga vazifa:
3-sinf darsligidan bugungi mavzuga doir misol va masalalarni ishlab kelish.
Yüklə 16,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin