diploid holatidagi (2n) xromosomalari soni odatdagidek 46 ta emas, balki 47 ta
bo‘ladi.
“Daun sindromi” kasali ayollarda ham, erkaklarda ham uchraydi(8-rasm). Bu
kasallikka uchragan bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi keng, ko‘zlari kichik va
bir-biriga yaqin joylashgan bo‘ladi. Og‘zi yarim ochiq, aqli zaif bo‘ladi. Ular odatda
jinsiy zaif, bepusht bo‘ladi. Bu kasallikka ega farzandlarning tug‘ilishiga sabab,
tashqi muhit omillarining salbiy ta’siri hamda ona organizmining yoshi hisoblanadi.
Onaning farzand ko‘rgan vaqtdagi yoshi 35–40 dan oshgan bo‘lsa, bunday kasalga
chalingan farzandlar tug‘ilish ehtimoli 18–25 yoshdagi onalarga nisbatan 10 hissa
ko‘payadi.
8-rasm. Daun sindromiga chalingan insonlar.
Odamlarda jinsiy xromosomalar soni o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladigan
kasalliklar ham aniqlangan. Bular jumlasiga “Klaynfelter sindromi” va
“Shershevskiy–Terner sindromi” kasalliklarini olish mumkin.
Klaynfelter sindromi
kasalligi faqat erkaklarda uchraydi. Klaynfelter sindromi kasalligiga duchor bo‘lgan
shaxslar jinsiy xromosomalar bo‘yicha “XXY” genotipiga ega bo‘ladilar. Shuning
hisobiga ulardagi diploid xromosomalar soni odatdagicha 46 ta emas, balki 47 ta
bo‘ladi. Klaynfelter sindromi kasaliga duchor bo‘lgan shaxslarda jismoniy, aqliy va
jinsiy jihatdan g‘ayritabiiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi(9-rasm). Ularda bo‘y, qo‘l va
oyoqlar haddan tashqari uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan tor bo‘lib, badanda
ayollarnikiga o‘xshash yog‘ to‘planishga moyil bo‘ladi.
Jinsiy bezlarning
rivojlanishi buziladi. Balog‘atga
yetish davridan boshlab,
bir qadar aqliy qoloqlik
yuzaga keladi. Bu kasallik o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il
boladan
bittasida uchraydi.
9-rasm. Klaynfelter sindromi.
Ayollarda jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan,
Dostları ilə paylaş: