Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: O tovush va Oo harflari Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon.
O harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish O’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash
Muammoli izlanish
6 minut
5-bosqich rag’batlantirish
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
3 minut
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH O’quvchilarga darslikdan foydalanish haqida tushuncha beraman. Katta O, kichik o harflarini talaffuz qildiraman. Yozilishini ko’rsatib beraman. Olmaxon, oy, osh, olov, olma, gilos ot kabi predmetlarning rasmi orqali tushunchalar beraman va so’rayman.. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman. IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH O harfi haqida o’quvchilarga she’r o’rgataman. Bu o’quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi O’quvchilar bilan suhbat o’tkazaman. Mavzuni mustahkamlayman.
. V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.