Dars ishlanmasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#36751
1   2
Yoģochga kuydirib ishlov berish

VI. Darsning rejasi;

1.Yangi mavzun ie’lonqilish vao ’tganmavzu bilan bo’glash – 3 minut.

2. Mavzusarlavhasigasharhberish – 7 minut.

3. Yangimavzunitushuntirish – 15 minut.

4. O’tilganmavzunimustahkamlashguruhlararomusobaqa – 15 minut

5. Darsniyakunlash, uygavazifaberish – 5 minut.



VII. Darsningborishi: Yoģochlarga kuydirib ishlov berish.

Yogʻochga ishlov berish jihozlari yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamdastanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarimfabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va b.), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va b. yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va b.) tayyorlanadi. Yo.i. b. j. bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi,
teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar
toʻplami bn), jilvirlar va b. kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, i. ch. korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik Yo. i. b. j., asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi.
Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan
foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur
oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda —
oʻygich; silliklashda — jilvir va b.dan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (mas,
plitalar) i. ch.da foydalanish mumkin(qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochgaishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi;
detallarga doiraviy keskich bilan ishlovberadigan frezalash stanogi; teshik yokioʻyiqlar ochish uchun ishlatiladiganparmalash stanogi; fanerlar, gugurtchoʻplari, gugurt qutilari va b.tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari;yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigantokarlik stanoklari; detallarni silliklashuchun ishlatiladigan jilvirlashstanoklaridan iborat.Egish sta nokl ar ichangʻilar, mebellar yasash uchunyogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻishstanoklariga yelim surkash, shchit yigʻishstanoklari, uzel va buyumlarni yigʻishqurilmalari, pardozlash stanoklari gaboʻyash, qoplama (himoya va bezak)qoplash va jilolashmashinalari kiradi.Koʻp qatlamlif anerlar, yogʻoc plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchunyogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi.

   Yog’ochga kuydirib gul, naqsh solish sotuvda bo’ladigan yoki yasama elektr asbob yordamida bajariladi. Asbob komplektiga (90- rasm) 127 yoki 220 V kuchlanishni 230 V kuchlanishigacha (bu — asbobning ish kuchlanishi) pasaytirish uchun xizmat qiladigan transformator kiradi. Iste’mol quvvati 120 Vt ga yaqin. Uchiga elektrod mahkamlangan tutqich (dasta) ish asbobi bo’lib xizmat qiladi


Metall elektrod undan o’tuvchi tok kuchi ta’sirida cho’g’lanadi. 91- rasmda asbobning qo’lda yasalgan konstruksiyasi ko’rsatilgan. 5—6 mm li faner yoki taxtachadan yasalgan dasta (1) ga ikkita metall (latun yoki mis) plastinkalar (2) va (3) mahkamlanadi. Bu plastinkalarning erkin uchlariga uncha katta bo’lmagan gaykali vintlar yordamida diametri 0,4—0,5 mm bo’lgan nixrom simdan yasalgan elektrod (ilmoq) (4) mahkamlanadi. Bu maqsadda 127 V kuchlanishga mo’ljallangan elektr plitkaning simidan foydalanilgani ma’qoul. 

Metall plastinkalarning qarama-qarshi uchiga elektr simlarning uchlari mahkamlanadi, shundan so’ng kuydirgichning butun dastasi izolyasiya lentasi bilan, uning ustidan esa ingichka sim bilan o’raladi. Bunday dastani ushlash qulay bo’ladi va u ish vaqtida uncha qizimaydi. Transformator tarmoqqa ulanganda sim cho’g’lanadi va uning uchli o’rta qismi bilan kuydiriladi. Barcha ulangan joylar juda puxta bo’lishi lozim: simlarning ochiq uchlari Hech qayerda bir-biriga tegmasligi kerak, aks holda qisqa tutashuv sodir bo’ladi; ularni izolyasiya lentasi bilan o’rash lozim.




   Kuydirish uchun material sifatida yog’och yoki faner, yaxshisi yumshoq yog’och (arg’ivon, terak va olxa)lar dan foydalanilgani ma’qul. 

   Kuydirib gul solish uchun rasmli maxsus albomlar ishlab chiqariladi; bu maqsad uchun, shuningdek, lobzik bilan arralash uchun mo’ljallangan albomdagi rasmlardan, bo’yash uchun bolalarga chiqariladigan albomlardan, kitob va jurnallarning rasmlaridan ham foydalanish mumkin.

Buyumga kuydirib gul solish vaqtida uni stol ustiga nisbatan ma’.lum burchak ostida va ko’zdan 30—35 sm oraliqda o’rnatish kerak. Eng muhimi Buyumning ishlov beriladigan sirti yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim. Ish vaqtida yog’ochning ko’yishi natijasida xonaning havosi buziladi, shuning uchun xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish kerak. Kuydirish vaqtida ko’z nisbatan tez charchaydi, shuning uchun har 15—20 minutdan so’ng dam olish lozim. Kuydirilgan Buyum bir xil rangga bo’yalishi, rang-barang qilib bo’yalishi yoki lak bilan qoplanishi mumkin. Rang-barang qilib bo’yash uchun suvda eritiladigan bo’yoqlar (anilin bo’yeqlari, har xil tushlar, rangli siyohlar) tanlanadi.   Bo’yashdan oldin Buyumning syrtini jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalash kerak. Oxirgi tozalashda jilvir qog’ozni yog’ochning faqat tolasi bo’ylab yurgizish lozim. Bo’yagichlarning suvdagi eritmalari juda ham quyuq bo’lmasligi kerak; rangnnig ravshanligi va quyuqligiga erishish uchun bitta joyga bo’yoqning suyuq eritmasidan 2—3 marta surkash yetarli bo’ladi. Yog’ochning kesilgan joylari, shuningdek fanerning qirralari bo’yashdan oldin suv bilan namlanadi, chunki yog’ochning buiday joylari namni, shu bilan birga bo’yoqni ham yon tomonlariga nisbatai ko’proq shimib oladi va bo’yalgandan so’ng nisbatan to’qroq bo’lib chiqishi mumkin.






    


    Bo’yash vaqtida yog’ochning tolasi bo’ylab mayda bo’yoq oqimlari hosil bo’lmasligi uchun kontur chegaralari bo’yicha chi-ziqlarni uzluksiz kuydirish kerak. Kuydirib naqsh solnigan Buyumlarni rang-barang qilib bo’yash uchun uncha katta bo’lmagan yumshoq cho’tkadan foydalaniladi. Buyumning sirtini yaxlit qilib.bo’yash uchun bo’yoq toza ip-gazlamaga o’ralgan raxta tampon bilan surkaladi. Bo’yoqning bir tekis bo’yalishiga erishish uchun bo’yoq berilgandan so’ng tezlik bilan bo’yalgan sirtni toza yumshoq latta bilan artish kerak. 



VIII-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

Multimediya ilovasi bilan mustahkamlab olamiz

VX-bosqich. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab, rag'batlantirish.

X-bosqich. Uyga vazifa.:

O`qituvchi : Temirova Intizor



O`.T. I. B.D O`: ____________ _____________________________
Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin