A- Anglab so`zim ma`nosini, soching ilm ziyosini.
O`rganing ishtiyoq bilan, Fanlarning podishosini.
Yangi mavzuni o‘rganish.
O‘quvchilar guruhlarda yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tgan mavzu bo‘yicha tayyorlab kelishgan rangli qog‘ozlardan yasalgan doira bo`laklarini kasr sonlar ko`rinishida doskada navbat bilan yozib ko`rsatishlari kerak.Doskada to`gri va noto`gri kasrlar yozilgan bo`lishiga e`tibor beriladi. Guruhdan bittadadn o‘quvchi tushuntirib beradi.
REJA:
1. Noto`gri kasr.
2. Noto`gri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalash.
3. Aralash sonni noto`gri kasr ko`rinishida ifodalash.
Chaqiriq
O`qituvchi doskaga ikki o`quvchini taklif qiladi. Bilagon va Bilmasvoy rollarini topshiradi. Bolalarga doskaga to`gri kasrlar yozishni aytadi. Bilmasvoy ko`rinishidagi noto`gri kasrlarni ham yozib qo`yadi. O`qituvchi bolalardan Bilmasvoyni xatosini to`grilashni so`raydi. Bilmasvoyga Bilagon to’g’ri va noto’g’ri kasrlar ta`rifini aytib beradi.
Bilmasvoy shoshilib - kasrni to`grilab bo`lmaydi. Buni keragi ham yo`q shundaymi? Ustoz.
USTOZ: Bolalar keling Bilmasvoyga yordam beramiz. So`zimni diqqat bilan tinglab, qoidani yodda tutishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: |