(Shakldosh) Shu kabi savollarga javob olingandan so’ng, uyga berilgan 64-mashqni qanday bajarganliklaringni tekshirishda ,,Birgalikda ishlaymiz’’o’yinini o’tkazamiz. Navbati bilan o’quvchilar bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullariga yozib kelgan birikmalarni o’qiydi, men turg’azgan o’quvchi uni to’g’ri topa olishi kerak.
M: qiziqarli mashg’ulot.(bitishuv)
do’stim tufayli. (moslashuv)
kitobdan o’rganmoq (boshqaruv)
III. Yangi mavzuni bayon qilishda ,,Muammoli ta’lim” usulidan foydalanamiz. Bunda teng bog’lanish nima? So’z qo’shilmasi nima? Tobe bog’lanish nima? So’z birikmasi nima? Degan savollarga javob beramiz.
Teng bog’lanish – ikki so’zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo’ysunmay bog’lanishi: opam va kitob, uy va tom.
Tobe bog’lanish – biz so’zining boshqa bir so’zga bo’ysunishi orqali bog’lanishi: opamning kitobi, uyning tomi.
So’z qo’shilmasi – so’zlarning teng bog’lanishi: siz bilan biz.
So’z birikmasi – so’zlarning tobelanish asosida bog’lanishi: sizning yutug’ingiz.
65-mashq. Karimjonning akasi – Karimjon va akasi:
Aytib chiqdi – aytidi, chiqdi:
Mening otam – men bilan otam:
Gazetadagi maqola – gazeta va maqola:
Onasining qizi – onasi va qizi:
66-mashq Abdusattor, Qahramon, Botir va men:
Yer-u osmon;
Oy-u quyosh;
Sarvinoz yoki Diyora;
Ba’zan qor, ba’zan yomg’ir;
Na kitob, na daftar;
Ko’z hamda quloq;
Berilgan misollarda so’zlar teng bog’lovchilar, yuklamalar va ohang yordamida birikkan.
67-mashq Sarvinoz yoki Diyora topshiriqni aytib berishi shart. Havo aynib, ba’zan qor, ba’zan yomg’ir yog’di. Yer- u osmon, jamiki atrof – muhit insoniyat uchun xizmatda. Diyora do’kondan na daftar, na kitob oldi.