Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: Topshiriq. Berilgan fe'llarning sodda fe'llardan farqini ayting va imlosini tushuntiring.
Oldi-qo'ydi, ketdi-qoldi, yozdi-qo'ydi, sindi-qoldi.
BILIB OLING. Ikki fe'l juftligidan tashkil topgan, bitta so'roqqa javob bo'luvchi va gapda bitta gap bo'lagi vazifasida keluvchi fe'llar juft fe'llar sanaladi. Juft fe'llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro'y berishini ifodalaydi. Juft fe'l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so'zlar ot turkumiga o'tgan so'zlar hisoblanadi. Asosni takrorlash bilan hosil bo'lgan juft fe'llar takroriy fe'llar ham deyiladi. Takroriy fe'l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-kuta, o'yladi-o'yladi kabi. 191-mashq. Juft fe'llarni aniqlang, ularning ma'nosi va imlosini izohlang. Gaplarni ko'chirib yozing.
1. Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi,— deb o'yladi ichida O'ktam. (Oybek) 2. U soy yoqalab yotqizilgan omonat toshlardan sakrab-hakkalab, ohista yurib kelardi. (X. Sultonov) 3. Ana, hech narsa bo'lmagandek, yayrab-quvnab,ochilib-sochilib yurishibdi. (Erkin A'zam) 4. Oyim to'yxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib ketaverdi. (O'. Hoshimov) 5. O'qituvchilarimning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. (X. To'xtaboyev)