dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli asoslardan tarkib topgan otlarga



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə165/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli asoslardan tarkib topgan otlarga juft otlar deyiladi. Masalan: o'gil-qiz, idish-tovoq, ota-ona.
Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o'zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar takroriy otlar sanaladi. Masalan: tuz-puz , tovoq-povoq, tovuq-povuq.
254-mashq. Gaplarni o'qing, sodda, qo'shma, juft otlarni aniqlab, guruhlarga bo'lib ko'chiring.
1. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko'nglidagi gina-adovatga barham berdi. (A. Ko’chimov) 2. Oradan uch-to'rt kun o'tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi. Ammam ko'rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq, boshqa tanish-bilishlar choynak-piyola deganday, har kim baholi qudrat qarashib, o'sha hovliga ko'chdik. (Abdulla Qahhor) 3. Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o'rikning bir shoxi egilib turardi. (P. Qodirov) 4. Bahoroy juda go'zal, hamma fasldan o'zar. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi. (M. Ibrohimova)
256-mashq. Matnni ko'chiring, sodda, qo'shma va juft otlarning tagiga chizing.
Bog'da zotli, asl olmalar, xilma-xil gilos-olchalar, kursillama nashvati, yumshoq xushbo'y noklar, achchiq va chuchuk tuyatish anorlar va boshqa-boshqa meva daraxtlari ko'p. Tokzorga kelsak, husayni, yakdona, shivirg'oni. charosdan boshlab tanako'zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. (Oybek)
1. Sodda otlar deb nimaga aytiladi?
2. Qo'shma otlarga misollar keltiring.
3. Juft otlar qanday hosil qilinadi?
257-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi otlarni sodda, qo'shma, juft otlarga ajratib, guruhlab yozing.
Buloq, tokzor, ekin-tikin, to'rtburchak, dunyoqarash, yor-birodar, do'stlik, o'y-xayol, gulchambar, kurash, aql-hush, merosxo'r, bilim, gulhamishabahor, ko'klam, savdo-sotiq, oy.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin