c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan so'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Bu so'zlar uchun umumiy bo'lgan qismni ayting.
Ishni, ishchi, ishla, ishsiz, ishga.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Bu so'zlar uchun umumiy bo'lgan qismni ayting.
Suvchi, ishchi, omborchi, traktorchi, kombaynchi.
BILIB OLING. So'z tarkibi asos va qo'shimchalardan iborat.
42-mashq. So'zlarning tarkibini aniqlang. Bir necha so'zda takrorlanib kelayotgan qismlarni toping.
Xabardor, ilmli, ilmsiz, xabarsiz, ilmiy, ulug'vor, bexabar, beilm, ulug'lamoq, ilmparvar, ulug'vorlik.
43-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni qo'ying, so'zlarning ma'nosida bo'layotgan o'zgarishlarni izohlang.
Yaponiyalik Komatsu til... olim sanaladi. U Osaka chet til... institutining fors til... bo'limini bitirgan. O'zbek tili... mustaqil o'rgangan. O'zbek tilini chuqur o'rganish maqsadida 1976—1981-yillar mobayni... O'zbek...ga to'rt marta safar qilgan. O'zbek tili bo'yicha «Oson o'zbek tili» asarini va «O'zbek...-yaponcha lug'at»ini nashr qil...gan.
Komatsu o'zbek tilini Yaponiyada targ'ib qilayot... fidoyi olimlar... biridir. (E. Umarov) 44-mashq. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh gap, Ikkinchi guruh suv so'zini asos qilib olsin va «Kim eng ko'p so'z topa oladi?» musobaqasini o'tkazing.
Namuna: yog', yog'li, yog'siz, yog'la, seryog'... l. So'z tarkibi deganda nimani tushunasiz? 2. Do'stlarimizni so'zining tarkibini aniqlang. 3. -jon, -xon, -chi, -dor qo'shimchalarini so'zlarga qo'shing va ularning ma'nolarida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni tushuntiring.
45-mashq. Uyga vazifa. -lik, -zor, -iston, -la, -siz qo'shimchalari yordamida so'zlar yasang, ular ishtirokida gaplar tuzing.