158-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarni toping, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalarning yozilishi va talaffuzini tushuntiring.
1. Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. (Hamid Olimjon) 2. Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay qiqirladi. (N. Aminov) 3. Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo'ydi. (P. Qodirov) 4. Taxtga chiqqach, adolat bilan ish tutibdi. (Ertakdan) 5. Shamol tinavermagach, tog'ga chiqishni qoldirdi. (Tog'ay Murod) 159-mashq. Berilgan gaplardan fe'lning ravishdosh shaklini toping va talaffuzi hamda imlosiga e'tibor bering.
1. O'sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko'rsatib, shon-u shuhrat taratib, o'qituvchilarimni hayratda qoldirdim. (X. To'xtaboyev) 2. Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib bormoqdaman. (A. Qodiriy) 3. Tepalikdan o'tgach, chavandozlar birin-ketin orqada qola boshladi. (B. Murodaliyev) 4. Aka-uka maslahatlashib, tong otguncha shu yerda qolishga qaror qilishdi. (X. To’xtaboyev) 5. Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. (H. Badalov) 1. Ravishdoshlar qaysi qo'shimchalar yordamida yasaladi?
2. Ularning imlosi haqida gapiring.
3. Qanday asoslarga -qach, -quncha, -qani qo'shimchalari qo'shiladi?
160-mashq. Uyga vazifa. «Bizning qishloq yoki shahar» mavzusida bog'lanishli matn tuzing. Matnda ravishdoshlardan foydalaning. Ularni tahlil qiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ___________________ « Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________ 50-dars MUSTAHKAMLASH Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.