161-mashq. Matnni o'qing. Ko'makchi fe'llarni topib, ular bildirgan ma'nolarni aniqlang. Ko'makchi fe'llar ishtirokida yangi so'z qo'shilmalarini hosil qiling.
Chor atrofi baland devor bilan o'ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to'lib-toshib yotibdi. Eng qizig'i devor boshida o'qtin-o'qtin ko'rinish beradigan babaq xo'roz. U o'ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon burib qarab qo'yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho'rlik Oqto'sh qochaman deb umbaloq oshib tushadi.
Gohida shu ish ustiga uy egasining o'rtancha o'g'li Rasul kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko'tarib bag'riga bosadi, silab-siypaydi. (N. Norqobilov)
162-mashq.Gaplar tarkibidagi fe'llarni ikki guruhga bo'lib ko'chiring. Birinchi guruhga sof fe'llarni, ikkinchi guruhga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini kiriting.
1. Men bu yerga qalamcha suqqanimda, «Nimaga boshqalar bosh qo'shmaydi?» deb o'ylamaganman. Ekkim kelgan, ekkanman. (N Norqobilov) 2. Ertasi kun bo'yi Esonboyni xavotir aralash kutdim. Daragi bo'lmadi. Ishdan kelgach, nari-beri tamaddi qilib, uyiga o'tib bordim. (X. Sultonov) 3. Savri xola indamadi. Bitta-bitta qadam bosib, uyi tomon yurib ketdi. (O'. Umarbekov) 4. Qo'qonga nonushta mahalida kirib keldik. (Abdulla Qahhor)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ____________________ « Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________ 53-54-darslar KO'MAKCHI FE'LNING MA'NOLARI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.