Toriq Ramadan - yevropalik musulmonlarning lideri.
Yevropada Islom mafkurachisi va yevropalik musulmonlar ma'naviy
lideri bo„lib Toriq Ramadan sanaladi. Uning hayoti unikal jixatlarga ega
bo‘lishi bilan bir qatorda yevropalik musulmonlarga xos. U 1962
Jenevada (Shveysariya), ko„p farzandli misrlik emigrant oilasida
tug‟ilgan. Ona tomondan 1928 yil Britaniya Misrda "Birodar-
musulmonlar" tashkilotiga asos solgan va 1949 yil ingliz yollanmalari
tomonidan o„ldirilgan.
Bizning mavzuga ko„ra e‟tiborli tomoni shundaki, aynan "Birodar-
musulmonlar" ilk bor yevropaning demokratiya va parlamentarizm
g„oyalari (arab-misr atamasi "Jumxuriya") Islomga zid emas, butunlay
muvofiq deb ta'kidlay boshlaganlar.
Toriqning ona tili bo„lib fransuz tilidir. U G„arbda taxsil olgan.
Yevropalik musulmonlarning kelasi mafkurachisi ma‟lum vaqt Fridrix
Nitsshe falsafasini o„rgangan va litseylarda dars bergan. Biroq u o„z
ajdodlari vatani, ya‟ni Misrga borib kelganidan keyingina o„zligini topdi.
Toriq avvalgidek o„qimishli intellektual, lekin shu bilan bir qatorda
ashaddiy musulmon. 1990 yildan boshlab u yirik Yevropa davlatlarida
islomni targ‟ib qiladi, teleko„rsatuvlarda chiqadi va o„z dini xaqida
kitoblar yozadi. Toriq "antiglobalistlar" xarakatining asoschilaridan biri,
ya'ni o„z traktorida McDonalds restoranini yer bilan bitta qilgan fermer
Joze Bove, bilan do„stona munosabatlarda. Shuningdek Toriq
Yevropaning yosh musulmonlari orasida xam obro„ga ega. Uning o„nta
kitobidan uchtasining nomi quyidagicha:
"Musulmonlar sekulyaristik muhitda" (The Muslims in a Secular
Environment); "G„arb musulmonlari va Islom kelajagi" (Western
Muslims and the Future of Islam); "Yevropalik musulmon bo„lish
nimani anglatadi?" (To be a European Muslim).
Zamonaviy Yevropada Toriq Ramadanning asosiy tezisi shundaki,
yevropalik musulmonlar o„z ko„lami bilan cheklanishlari kerak emas.
Yevropada tug‟ilgan musulmonlar yevropa ta'limini olib, Yevropa
ommaviy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, Islom tarqalishiga o„z
xissalarini qo„shishlari lozim.
Bunday ochiqlik madaniyatlar aralashishiga olib kelishi mumkin.
Bunga Toriq Ramadan tarixiy milliy madaniyatni abadiy dindan ajratib
olish kerak deb javob beradi.
"Arab madaniyati – bu Islom madaniyati emas", - deb ta‟kidlaydi
u". Arab bo„lmay qolishdan qo„rqmanglar, musulmon bo„lmay
qolishdan
qo„rqinglar!",
"Men
– yevropalikman, biroq men
musulmonman", – deydi Toriq.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni ta'kidlash lozimki, musul-
monlarning soni Yevropa mamlakatlarida tobora oshmoqda. Buning
sabablari Afrika va Yaqin Sharq (Suriya va boshq.) mamlakatlarda yuzaga
kelgan harbiy, iqtisodiy va siyosiy inqirozdir. Bularning oqibatida Yevropa
mamlakatlariga
2015-2016
yillarda
qochoqlarning
noqonuniy
migratsiyaning kuchayishi.
Shuningdek,
Yevropa
mamlakatlarida
istiqomat
etuvchi
musulmonlarning keskin demografik o„sishidir. Shuningdek g‟arbona
mentalitetni qabul qila olmaslik yevropalik musulmonlar ongini
radikallasuviga olib kelmoqda.