Darsdan tashqari o\'ynaladigan harakatli o\'yinlarni o’rgatish
5. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. Rivojlanishning o‘sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko‘tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo‘shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to‘g‘ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.
Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O‘qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o‘qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardir.
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. CHunki iste’dod nasldan-naslga o‘tadi. SHuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o‘quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug‘ullanuvchi maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o‘zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” nomini olgan maxsus yo‘naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.