YAXSHI Baholash. O‘quvchilarning darsga ishtirok etishi, mavzuni o‘zlashtirishi, savollarga namunali javob berishi hamda tartib intizomiga ko‘ra quyidagicha baholanadi:
3
QONIQARLI
:
«KIM BIROVGA CHOH QAZISA, UNGA O‘ZI YIQILADI»
Talabalik…oltin damlarim! Bu davr menga haqiqiy hayot maktabi bo‘ldi…ilk bor ota-onamdan yiroqda mustaqil hayotga qadam qo‘ygan pallam…Nega hozir buni esladim? Chunki men bu davrda turli xil insonlar va har xil vaziyatlarga duch keldim, mavzudan chikinmay, ulardan birini so‘zlab beraman.
Bizga uch yuztalik yopiq test berildi, bu albatta ustoz tomonidan talabalarga berilgan eng katta yordam, biz u bilan yakuniygacha tayyorlanishimiz mumkin, ammo test bizga yakuniy imtihondan ikki kun oldin berildi. Test juda qiyin, har xil adabiyotlardan, asarlarning ichidan olingan, ammo uni guruh bilan bo‘lishib ishlashni boshladik (guruh bo‘lib ishlaganda ham doim hammasini o‘zim qidirib topishga odatlanganman ), ammo bu safar juda qiynalganimdan guruhga doim besh bahoga yopadigan, va o‘sha fanni zo‘r o‘qiydigan kursdoshlarimizga murojaat qildim: kelinglar to‘rtalamiz bo‘lib ishlaylik, men ularga ishonch bilan aytdim, ammo ular orasida ayrimlari juda befarqday tuyildi, ko‘zimni yumib ishlab besh olaman deganlari ham bo‘ldi. Mayli, imkonim boricha ishladim ham, lekin bir gapni eshitib juda asabiylashib ishladim.
Eshitishimcha, yakuniyni tayyor javoblarini topishibdi, ammo uni doimiy beshga yopadiganlarga yodlash uchun berishganmish. Juda xafa bo‘ldim, birinchidan sardorni eng yaqin o‘rtog‘im deb bilaman, ikkinchidan nega men beshga yopadiganlar sifatidan ajratilmaganman? Kim qildi buni, axir hamma fanlarim beshlik-ku? Juda ranjidim, meni ayirishgani va do‘stim deb bilgan yaqin insonim: “U BARIBIR BESHGA YOPOLMAYDI, INGLIZ TILISI YETMAYDI, ORQASIDA HECH KIMI YO‘Q”…shunday degan gapni deyarli guruhda kim eshitgan bo‘lsa hammadan eshitdim… Men doim Ollohdan menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini so‘raganman, shuning uchun bu davraga meni ravo ko‘rmagan deb o‘zimga taskin berdim…. Imtihon, oxiriga yetmadim, ammo kitobdan qidirib topgan barcha savollar javobidan xabarim bor, 28 ta ishlabman, Ollohga shukur bilganlarimdan tushdi. “Yaqin insonim” imtihon vaqti telifon bilan qo‘lga tushib, ustoz bilan tortishibdi, ustoz unga “0” ball qo‘yib chiqarib yuboribdilar, men kulmadim, xursand ham bo‘lmadim, ammo bir narsaga amin bo‘ldim, u meni besh bahoga ravo ko‘rmay, guruhdan ayrib, jamoaga qo‘shmay. shu maqomdan o‘zi ayrildi. “Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi”.