DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL
FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA Bir tomonidan Zafar Raxmanov Bobonazarovich nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Zafar Raxmanov Bobonazarovich shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 8-D-sinf oʻquvchisi Allayorov Samandar otasi To’liboyev Komil, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar yoki mashq daftarlar 2023 yil
4-sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi:
Darsliklar nomi
1. Ona tili
2. Adabiyot
3. Algebra
4. Geometriya
5 .Rus tili
6. Biologiya
7. Fizika
8. Kimyo
9. O’zbekiston tarixi
II. TOMONLARNING HUQUQLARI 2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.