Darsliklari matnining lisoniy tahlili



Yüklə 23,58 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü23,58 Kb.
#94618
boshlang\'ich test.


O‘QISH KITOBI” DARSLIKLARI
MATNINING LISONIY TAHLILI”
FANIDAN TESTLAR

1. Imloviy ( orfografik ) mashqlarga qaysilar kiradi?


a) grammatik-imloviy ( orfografik ) tahlil
b)) ko‘chirib yozuv; diktantlar
d) leksik-grammatik tahlil; bayonlar
*e) yuqorida sanalganlarning barchasi
2. Ko‘rib idrok qilingan so‘z , gap , matnni yozma shaklda berish –
*a) ko‘chirib yozuvdir
b) diktantdir
d) saylanma diktantdir
e) to‘g‘ri javob berilmagan
3. Boshlang‘ich sinf ona tili faniga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) og‘zaki nutq, yozma nutq
b) og‘zaki nutq, tinglab tushunish.
*d) og‘zaki nutq, yozma nutq, anglash (oʻqish va tushunish, tinglab tushunish), lingvistik kompetensiya.
e) yozma nutq, tinglab tushunish, o‘g‘zaki nutq
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida 1-sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan malaka talab to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
*a) savod chiqarish va yozma nutq, og‘zaki nutq, o‘qish va tushunish, tinglab tushunish, lingvistik kompetensiya.
a) og‘zaki nutq, savod chiqarish, yozma nutq, tinglab tushunish
b) tinglab tushunish, savod chiqarish va yozma nutq
e) lingvistik kompetensiya.
5. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash necha bosqichga bo‘linadi/
*a) 3 bosqichga
b) 2 bosqichga
d) 4 bosqichga
e) 5 bosqichga
6. Badiiy asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning turlari soni to‘g‘ri ko‘rsatolgan qatorni toping.
a) 4 ta
*b) 5 ta
d) 3 ta
e) 6 ta
7. 1-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining bo‘limlari to‘g‘ri ko‘satilgan qatorni toping.
a) ‘Til va dil”, “San’at va madaniyat”, “Men, sen, u va ular”
b) “San’at va madaniyat”, “Fan va texnologiyalar”, “Tabiat ne’matlari”.
d) “Tabiat ne’matlari”, “Men, sen, u va ular”, “Til va dil”, “San’at va madaniyat”
*e) “Men sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “San’at va madaniyat”, “Til va dil”, “Fan va texnologiyalar”
8. 2-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining bo‘limlari to‘g‘ri ko‘satilgan qatorni toping.
a) “Men, sen, u va ular”, “O‘zbekiston-mening vatanim”, “Tabiat ne’matlari” “San’at va madaniyat”, “Huquqimiz-haqimiz”.
*b) “O‘zbekiston-mening vatanim”, “Men, sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”,”Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”, “Huquqimiz-haqimiz”.
d) “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”.
e) “Tabiat ne’matlari”,”Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”.
9. 2-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi necha bo‘limdan iborat?
a) 8 ta
b) 10 ta
*d) 11 ta
e) 12 ta
10 . 1-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi necha bo‘limdan iborat?
*a) 6 ta
b) 8 ta
d) 10 ta
e) 7 ta
11.Tasvirlashda leksik-uslubiy tayyorgarlik ko‘riladi, ya’ni yozuvchi, shoir qo‘llagan birliklarga o‘quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Ushbu ish turidan matn ustida ishlashning qaysi turida foydalaniladi?
a) asar rejasini tuzishda
b) o‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatishda
d) grafik tasvirlashda
*e) so‘z bilan tasvirlashda
12. Asar tilining ma’nodorligi, o‘tkirligi, ta’sirchanligi va xalq tiliga yaqinligi kabi ushbu asoslar qaysi janrga mansub?
*a) ertak
b) hikoya
d) masal
e) she’r
13. Misralar oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar nima deb ataladi?
a) ritm
b) pauza
*d) qofiya
e) o‘xshatish
14. Bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi nima deyiladi?
a) diksiya
b) tembr
d) pauza
*e) ritm
15. Qaysi matn tipida “muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, о‘qigan yoki guvoh bо‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi”?
a) Tasviriy matnda.
*b)Hikoya mazmunli matnda
d)Nasihat mazmunli matnda
e) Hissiy ifoda mazmunli matnda
16. Qaysi matn tipida tinglovchiga noma’lum bо‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisa batafsil tasvirlanadi?
*a) Tasviriy matnda
b) Hikoya mazmunli matnda
d) Buyruq mazmunli matnda
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
17. Qaysi matn tipida aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi?
a) Tasviriy matnda
b) Nasihat mazmunli matnda
*d) Izoh mazmunli matnda
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan
18.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan fonetik-grafik ko‘nikmalar to‘g‘ri berilgan javobni toping.
a) Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar
b) Jarangli va jarangsiz undoshlar, so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish
*d) tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
e) So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish
19. So‘zning tovush tarkibini bilishning qanday ahamiyati bor?
a) O‘qish va yozishni tezroq egallashga yordam beradi
*b) So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zdagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun kerak
d) Ta‟limning keyingi bosqichlarida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirish imkonini beradi
e) So‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrata olish malakalarini shakllantiradi
20. O‘qish va yozuv malakasi...
a) tilga oid malaka
*b) nutqqa oid malaka
d) til va nutqqa oid malaka
e) ichki va tashqi nutqqa oid malaka
21.Intonatsiyaga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
*a) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi unsurlari: urg‘u, nutq tempi va ritmi, pauza va ovozning past balandligining yig‘indisidir.
b) Og‘zaki va yozma nutqning birgalikda harakat qiluvchi unsurlari; urg‘u, nutq tempi, ovozning past balandligi yig‘indisi
d) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat unsurlarining birligi
e) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat unsurlarining birligi; urg‘u va ovozning past balandligi
22.Diksiya malakasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) Burro gapirish
b) Tez gapirish
c) Ohang bilan
d) Chiroyli gapirish
23. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish
*a) Har bir tovushning to‘g‘ri artikulyatsiyasi va aniq diksiya malakasinini egallashdir.
b) Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash kabi vazifalarni bajaradi
d) O‘quvchilar chiroyli yozuv asoslarini egallashi uchun muhim shartlardan biridir.
e) O‘quvchilarning ifodali nutq va ohang asoslarini ifodalaydi.
24. Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko‘ra qanday tarmoqlarga bo‘linadi?
a) badiiy matn, ulmiy matn, rasmiy matn
*b)ilmiy matn, badiiy matn, rasmiy matn, ommabop matn
d) ommabop matn, badiiy matn
e) ilmiy matn, ommabop matn, rasmiy matn
25. Matnlarni mazmuni va maqsadiga ko‘ra tiplari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) muhokama, tasvir
b) hikoya, muhokama
*d) muhokama, tasvir, hikoya
e) tasvir, hikoya
26. Badiiy matnning ifoda mazmuniga ko‘ra tiplari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
*a) 8 ta
b) 7 ta
d) 10 ta
e) 12 ta
27. Voqea-hodisa, narsa-buyumlar o‘rtasidagi о‘zaro yaqinlik va bog‘liqlik asosida ma’no ko‘chishiga
a) Metafora deyiladi.
*b) Metonimiya deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
e) Mubolag‘a deyiladi.
28.Badiiy matnda narsalarni voqea va hodisalarni, his-tuyg‘ularni belgi-xususiyatlarini о‘ta bо‘rttirib tasvirlashga nima deyiladi?
*a) mubolag‘a
b) metonimiya
d) tasviriy ifoda
e) kichraytirish
29.Biror predmetning nomini boshqa predmetga shakl, belgi va harakat о‘xshashligini e’tiborga olib nom kо‘chirish ...
a) Monolog deyiladi.
*b) Metafora deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
e) Parallelizm deyiladi.
30. Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chimga nima deyiladi?
a) Metonimiya deyiladi.
b) Metofora deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
*e) Kinoya deyiladi.
31. Badiiy matnda ikki narsa yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq,, bo‘rttiribroq ifodalashga …… deyiladi.
a) metafora
*b) o‘xshatish
d) sinekdoxa
e) kinoya
32.Qaysi tamoyilda matndagi tashqi va ichki muvofiqlik, aloqadorlik va bog‘lanishni tekshirish talab qilinadi?
*a) Shakl va mazmun birligi tamoyilida.
b) Makon va zamon birligi tamoyilida.
d) Xususiylikdan umumiylikka о‘tish tamoyilida.
e) To‘g‘ javob berilmagan.
33.Badiiy matnni lisoniy jihatdan tahlil qilishda qanday tamoyillar asos qilib olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi?
a) Shakl va mazmun birligi tamoyilida.
b) Makon va zamon birligi tamoyilida.
d) Xususiylikdan umumiylikka о‘tish tamoyilida.
*e) Barcha javoblar tо‘g‘ri.
34.Badiiy matnni lisoniy jihatdan tahlil qilishda qanday usullar asos qilib olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi?
a) Ilmiy mushohada usuli, lug‘atlarga asoslanish usuli.
b) Lisoniy tabdil usuli, matn variantlarini qiyoslash usuli.
d) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
*e) A va B javoblar.
35.Badiiy matnning lisoniy tahlili usullari qaysi javobda tо‘liq berilgan?
a) Ilmiy mushohada usuli, lug‘atlarga asoslanish usuli.
b) Lisoniy tabdil usuli, matn variantlarini qiyoslash usuli.
*d) A va B javoblar.
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
36. Badiiy matnni leksik tahlil qilishda nimalarga asoslaniladi?
*a) so‘z ma’nolari ustida ishlashga
b) tovush-harf ustida ishlashga
d) so‘zlarni morfem tarkibi ustida ishlashga
e) gap ustida ishlashga
37. Boshlang‘ich sinflarda badiiy matnni morfologik tahlil qilish ustida ishlashda asosan qaysi so‘z turkumlari ustida asos qilib olinadi?
a) ot, sifat, fe’l, kishilik olmoshi
*b) ot, fe’l, sifat, son, kishilik olmoshi
e) kishilik olmoshi, son, ot
38. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda qanday belgilariga asoslaniladi?
a) Leksik
b) Morfologik
d) Sintaktik
*e) Barcha javoblar to‘g‘ri
39. Jufti bor jarangli undoshlar berilgan qatorni aniqlang.
a) y , l
b) m , n
*d) d , g
e) r , ng
40. Jufti yo‘q jarangli undoshlar qaysi qatorda berilgan?
a) z , j
b) b , d
*d) l , r
e) g , v
41. Qaysi qatorda jufti bor jarangsiz undoshlar joylashtirilgan?
*a) sh , p
b) q , h
d) g , g’
e) To‘g‘r javob berilmagan
42. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, mantiqiy va grammatik qoidalar asosida tuzilgan , mustaqil , tugallangan va o‘zaro bog‘langan , ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq –
a) hikoya deyiladi
*b) bog‘lanishli nutq deyiladi
d) ichki nutq deyiladi
e) tashqi nutq deyiladi
43. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi –
*a) lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi
b) olinma so‘zlar deyiladi
d) iboralar deyiladi
e) to‘g‘ri javob berilmagan
44. Talaffuzi, yozilishi har xil bo‘lgan , bir umumiy tushuncha ( ma’no ) ifodalaydigan so‘zlar ......
* a)ma’nodosh ( sinonim ) so‘zlardir
b) shakldosh ( omonim ) so‘zlardir
d) zid ma’noli ( antonym ) so‘zlardir
e) to‘g‘ri javob berilmagan
45. So‘zning eng kichik , bo‘linmaydigan ma’noli qismi –
a) o‘zak morfemadir
b) affiksal morfemadir
*d) morfemadir
e) to‘g‘ri javob berilmagan
46. Imlo belgilari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
a) 5 ta
b) 4 ta
*d) 3 ta
e) 2 ta
47. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari soni to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a) 80 ta
*b) 82 ta
d) 84 ta
d) 24 ta
48. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Mehribon kelinoyi” she’r matnidagi quyidagi: bildirmayman, qildirmayman, akam, opam, doim, kelinoyim so’zlari qanday so’zlar hisoblanadi?
a) ma’nodosh so’zlar
b) qarama-qarshi ma’noli so’zlar
d) iboralar
*e) ohangdosh so’zlar
49. So’zlarga -ga qo’shimchasi qo’shganda tovush o’zgarishi sodir bo’ladigan so’zlar qatorini toping.
a) chumoli, dasturxon
*b) quduq, kamalak, tog’
d) bog’, ko’cha
e) eshik, daraxt
50. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Qora oltin” nomli matn qanday matn sirasiga kiradi”
a) hikoya
d) she’r
d) ertak
*e) ilmiy-ommabop matn
51. – Ha, tez orada butun borliq qishning oppoq va qalin ro’moliga o’ranadi. Ushbu gapdagi ro’moliga so’zi qanday ma’noda qo’llanilgan?
*a) ko’chma ma’noda
b) qarama-qarshi ma’noda
d) ma’nodosh so’z ma’nosida
e) shakldosh so’z ma’nosida
52. 2 -sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Mahallamiz jarchisi” she’rining muallifi kim?
a) Po’lat Mo’min
*b) Anvar Obidjon
d) Abdurahmon Akbar
e) Quddus Muhammadiy
53. Dars-darz, izin, izm, asir-asr, ta’na-tana so’zlari qanday so’zlar deyiladi.
a) qarama-qarshi ma’noli so’zlar
b) shakldosh so’zlar
*d) paronimlar
e) ma’nodosh so’zlar
54. Og’zi qulog’ida, bir yoqadan bosh chiqarmoq, tomdan tarasha tushganday, tepa sochi tikka bo’ldi kabi quyidagi birikmalar nima deyiladi?
*a) iboralar
b) maqol
d) matal
e) hikmatli so’z
55. O’qish malakalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a) tez o’qish, ichda o’qish, ovozli o’qish
b) shivirlab o’qish, ovozli o’qish, ifodali o’qish
*d) to’g’ri, tez, ongli, ifodali
e) ishda o’qish, ovozli o’qish, shivirlab o’qish
56. Boshlang’ich ta’limda badiiy matnlarni o’qishda o’qishning nechta turidan foydalaniladi?
*a) 3 ta
b) 4 ta
d) 5 ta
e) 2 ta
57. Boshlang’ich ta’limda badiiy asar tilini tahlil qilishda o’quvchilarda qanday ko’nikmalar shakllantiriladi?
a) o’z ona tiliga muhabbat hissini shakllantirish ko’nikmasi
b) badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi
d) asar g’oyasini idrok etish va nutqi rivojlantirish ko’nikmasi
*e) barcha javoblar to’g’ri
58. Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarida berilgan qaysi matnda ko’proq jonlantirishlar, o’xshatish va mubolag’alardan keng tarzda foydalaniladi?
*a) ertak matnida
b) masal matnida
d) hikoya matnida
e) she’r matnida
59. ”Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir” maqolida qanday tasviriy vosita qo’llanilgan?
a) jonlantirish
*b) metafora
d) metonimiya
e) sinekdoxa
60. ”Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo’lim qotdi” topishmog’ida qanday tasviriy vosita qo’llanilgan?
a) mubolag’a
b) jonlantirish
*d) o’xshatish
e) kinoya
61. Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunli kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asar nima deb ataladi?
a) ertak
b) hikoya
d) maqol
*e) masal
62. Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq......deyiladi?
*a) she’r
b) maqol
d) ertak
e) topishmoq
63. Boshlang’ich sinflarda ona darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda ... ... dan ongli foydalanish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
a) so’z
*b) gap
d) tovush
e) bo’g’in
64. Boshlang’ich sinf o’quvchilari badiiy matnni morfolofik tahlil qilishda so’z turkumlarining qaysi xususiyatlari ustida ishlaydilar?
a) so’z nimani bildirishi, qanday so’roqlarga javob bo’lishi.
b) o’zgarish-o’zgarmasligiga ko’ra
d) gapda asosan qanday vazida kelganligiga asosan.
*e) barcha javoblar to’g’ri.
65. Matnning tarkibiy qismlari berilgan qatorni toping.
a) so’z, gap, abzas, super sintaktik birlik
b) so’z, gap, gap mundarijasi
*d) gap, super sintaktik birlik
e) gap, abzas, mikromatn
66. Bir xil shakllangan gaplar ....ga xizmat qilmaydi.
a) badiiy nutq ta’sirchanligini boyitishga
b) ma’noni kuchaytirishga
d) fukrning batafsil – atroflicha iodalanishiga
*e) ma’no ko’chishiga
67. Badiiy matnda shakllanganlik jihatidan bir xil shakllangan gaplarning qo’llanilishi nima?
a) sitaktik parallelizm
b) morfologik parallelizm
*d) takror
e) metafora
68. Matnni qaysi jihatiga ko’ra ilmiy, badiiy, rasmiy, ommabop turlarga bo’linadi?
a) mazmuniga ko’ra
b) g’oyasiga ko’ra
*d) uslubiga ko’ra
e) bog’lanishiga ko’ra
69. Matnning ichki tomonini nima birlashtirib turadi?
a) sintaktik vositalar
*b) mazmun yaxlitligi
d) shakl va mazmun dialektikasi
e) tasviriy vositalar
70. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda nimalar nazarda tutilmaydi?
a) qatralar, maqollar
b) matallar, aforizmlar
d) she’r va she’riy parchalar
e) dostonlar, rivoyatlar
71. Badiiy matnning morfologik tahlilida nimalarfa e’tibor berilmaydi?
a) morfologik parallelizm
b) affiksal sinonimiya
d) affiksal omonimiya
*e) inversiya
72. Nutq hosilasi ... dir
*a) matn
b) fonema
d) leksema
e) morfema
73. Matnning til va nutq ziddiyatidagi o’rnini belgilang
a) nutqiy birlik
b) lisoniy birlik
*d) ham nutqiy ham lisoniy birlik
e) sintaktik birlik
74. Qaysi matnni tahlil qilishda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi hamda o’ziga xos jozibador ohang bo’ladi?
*a) she’r matnida
b) hikoya matnida
d) masal matnida
e) rivoyat matnida
75. Adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishiga nima deyiladi?
a) iboralar
*b) ko’chimlar
d) so’zlar
e) gaplar
76. Saxiy ona tabiat, quchog’ida havo sof misralarida qanday tasviriy vosita qo’llangan?
a) metoniviya
b) kinoya
*d) metafora
e) sinekdoxa
77. Ayomajiz izg’iydi,
Ko’chalarda tutoqib.
Shox-shabbani tortqilar,
Yalmog’izdek yutoqib kabi misralarda qanday badiiy vositalar qo’llanilgan?
*a) jonlantirish va o’xshatish
b) mubolag’a va o’xshatish
d) o’xshatish va kinoya
e) kichraytirish va kinoya
78. Buvim, oyim va dadam
Surpada bo’lishdi jam.
Kechga yaqin, shu kuni
Buvim katta qovunni –
So’yib berdilar asta
Qildilar tilim, kosa
Eh, shirin ekan rosa!
Ushbu she’r matnidagi ajratilgan tilim so’zining izohini aniqlang.
a) Poliz mahsulotining teng ikkiga ajratilgan pallasi.
*b)Poliz mahsulotining uzun-uzun qilib kesilgan bo’lagi.
d) Poliz mahsulotining ichidan saralanib, tanlab olingani.
e) Poliz mahsulotining yeb bo’lingandan keyingi po’chog’i.
79. So’zdagi tovushlarning o’rin almashishi nima deb ataladi?
a) metafora
b) metonimiya
*d) metateza
e) argolar
80.Qaysi javobda ”matn” atamasiga tо’g’ri ta‟rif berilgan?
a) Yozilgan, kо’chirilgan yoki bosilgan ilmiy-ijodiy asarlar va ularning parchasi.
b) Musiqaga, biror kuy, opera va romanga asos bо‘lgan she’r, sо‘z.
d) Poligrafiyada yirik shriftlarning nomi, kompyuterda maxsus bir format.
e) Hamma javoblar tо‘g‘ri.
81.Matn hajm va mazmun belgisiga kо‘ra qanday turlarga bо‘linadi?
a) Ikkiga: hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari; ifoda maqsadi va mazmun belgisiga kо‘ra matn tiplari.
b) Ikkiga: shakl va mazmun belgisiga kо‘ra matn tiplari; mavzusiga kо‘ra matn tiplari.
d) Uchga: hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari; ifoda maqsadi va mazmun belgisiga
kо‘ra matn tiplari; motivatsiyasiga kо‘ra matn tiplari.
e) Uchga: hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari; ifoda maqsadi va mazmun belgisiga kо‘ra matn tiplari; emotsional va ekspressivligiga kо‘ra matn tiplari.
82.Hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari qaysi qatorda tо‘gr‘i berilgan?
a) Uchga: mikromatn, makromatn, gipermatn.
*b) Ikkiga: minimal matn; maksimal matn.
d) Uchga: hikoya mazmunli matn, nasihat mazmunli matn, о‘rta matn.
e) Ikkiga: minimal matn, о‘rta matn
83.Adabiy tilga kirmaydigan dag‘al sо‘z va iboralar...
a) Alliteratsiya deb ataladi.
b) Assonans deb ataladi.
*d) Vulgarizm deb ataladi.
e) Giperbola deb ataladi.
84.Ona tiliga о‘zlashmagan, о‘zga til hodisasi sifatida qо‘llangan sо‘z va iboralar...
*a) Varvarizmlar deb ataladi.
b) Assonans deb ataladi.
d) Vulgarizm deb ataladi.
e) Giperbola deb ataladi.
85.Biror ijtimoiy guruh, toifa vakillari о‘rtasida tushunarli bо‘lgan, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklar...
a) Varvarizmlar deb ataladi.
*b) Argolar deb ataladi.
d) Vulgarizm deb ataladi.
e) Giperbola deb ataladi.
86.Badiiy matndagi informativlikning oddiy kundalik xabarlardan farqi nimada?
a) Farqi yо‘q.
b)Semantik jihatdan farqli.
d) Grammatik jihatdan farqli.
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
87.Badiiy matnga xos informativlikning kundalik hayotdagi xabarlardan farqi qaysi javobda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
a) Xabarning qay daraja aniqligida.
b) Xabarning ifodalanish shaklida.
d) Zamon va makonga munosabatida.
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
88.Maslahat berish ohangi qaysi matn tipida yetakchilik qiladi?
a) Informativ matnlarda.
b)Buyruq mazmunli matnlarda.
d) Eksplikativ matnlarda.
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
89.Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini о‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar
*a)Hissiy ifoda mazmunli matnlar deyiladi.
b) Nasihat mazmunli matnlar deyiladi.
d)Xabar mazmunli matnlar deyiladi.
e)Barcha javoblar tо‘g‘ri.
90.Ifodada о‘ziga xos kо‘tarinkilik, bо‘yoqdorlik, tantanavorlik bо‘rtib turadigan matnlar
a)Xabar mazmunli matnlar deyiladi.
b) Buyruq mazmunli matnlar deyiladi.
d)Hissiy ifoda mazmunli matnlar deyiladi.
e) Tо ‘g‘ri javob berilmagan
Yüklə 23,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin