Darsning maqsadi: a Bilim berish maqsadi


Dars turi: Noan’anaviy dars Darsda qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 22,78 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü22,78 Kb.
#194627
1   2   3   4
Dars ishlanma

Dars turi: Noan’anaviy dars
Darsda qo’llaniladigan metodlar: “Qarama-qarshi munosabat” metodi va “Zig-zag” metodi, “Klaster” metodi va slayd.
Dars qurollantirish: taxta, bo’r, rasm, plakat, markerlar.
Vaqt: 45-daqiqa

Tashkillashtirish

2-3 min

Uyga vazifa so’rash

10-min

Yangi mavzuni tushuntirish

20-min

Yangi mavzuni mustahkamlash

10min

Uyga vazifa berish

2-3 min


DARS JARAYONIDA
1.Tashkillashtirish qismi:Sinf o’quvchilarining darsga qatnashishi, sinf xonasining tozaligini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanishini tekshirish va dars boshlash.
2.Yangi mavzu.
Sharq allomalarining buyuk vakillari bo’lmish Muso al-Xorazmiy va Muhammad al-Farg’oniylar Bag’dod akademiyasi ,,Bayt ul-Hikmat" (,,Donolar uyi") da o’z tadqiqotlarini olib borganlar. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780- y.da Xivada tug’ilib, 850-y. da Bag’dodda vafot etgan) matematika, astronomiya, geografiya sohasida asarlar yaratgan. ,,Al-jabr" (algebra) fani va ,,algoritm" tushunchasiga asos solgan. Uning ,,Hisob al-Hind" va ,,Astronomik jadvallar" asarlari o’n ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropada keng tarqalgan o’nli sanoq sistemasi va algoritm tushunchasining yoyilishiga olib kelgan.
Abdul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kashr al-Farg’oniy ham astronomiya, geografiya, matematika fanlari bilan shug’ullangan Farg’oniy Quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan. Yerning zoldirsimon ekanligini ilmiy isbotlagan, meridian uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o’lchash uchun asbob yasagan va unga risolalar yozgan. Uning ,,Yulduzlar ilmi va samoviy harakatlar haqida to’plam" nomli qomusiy asari ko’plab tillaiga tarjima qilingan.
Abu Ali ibn Sino — qomusiy olim, shoir (980-y. da da tug’ilib, 1037- y. da Isfaxonda vafot etgan). Asarlarining soni 280 dan ortiq. Ulardan 40 dan ko’prog’i tibbiyotga, 30 dan ortig’i tabiiy fanlar va musimantiq, axloq, ilohiyot, ijtimoiy-siyo-siy mavzularda. O’n beshinchi asrda Mirzo Ulug’bek Samarqandda akademiya tashkil qildi. Uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va oliy o’quv yurti — madrasa bor edi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394- yilda Sultoniya shahrida tu-g’ilgan, 1449- yilda o’ldirilgan) dunyodagi eng yirik astronomiya mak-tabini tuzgan. Katta ilmiy va madaniy meros qoldirgan. Shulardan biri ,,Ulug’bek ziji" (,,Ziji Ko'ragoniy")dir. Shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzlar ro’yxatini tuzgan.
Mashhur astronom va matematik olim — Nasriddin Tusiy (Abu Ja'-far Muhammad ibn Muhammad Ibn Hasan astronomiya va matematika fanlar taraqqiyotga katta hissa qo’shgan. Uning ,,Axloqi Nasriy" va ,,Tajrid", shuningdek mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq, falsafa va boshqa sohalarga oid ko’plab asarlari mavjud. Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad 1360 — 1437)
Mirzo Ulug’bekning ustozi bo’lgan. Rumiy ,,Aflotuni zamon" (o’z davrining Platoni) nomini olgan. Atoqli matematik va astronom Koshiy, taxminan 1430- y. da vafot etgan) birinchi bo’lib fanga o’nli kasrlarni kiritdi va nazariy asosladi, sin 1° va sonini o’nli sistemada 17 xonagacha aniqlik bilan hisobladi. Mashhur astronom Ali Qo’shchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Mu-hammad Qo’shchi, 1403 — 1474) matematika va astronomiyaga doir risolalar yozgan. U fasllar almashinuvi, Oy va Quyosh tutilishini ilmiy-tabiy jihatdan to’g’ri tushunturib bergan. Yuqorida nomlari qayd etilgan buyuk mutafakkirlarning tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, falsafa, tilshunoslik sohalaridagi ishlari, kashfiyotlari butun dunyo ilm-u fanining taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi, ayrim fan sohalarining yuqori bosqichga ko’tarilishi-ga, yangi yo’nalishlar paydo bo’lishiga olib keldi. Buyuk bobolar ruhiga yuksak hurmat va ehtiromda bo’lgan keyingi avlodlar ularning ishlarini munosib davomchilari bo’lib qolishmoqda. Bunga O’zbekistonda fizika taraqqiyoti sohasida olib borilayotgan ishlar yaqqol misol bo’la oladi.
Zamonaviy fizika shartli ravishda bir necha bo’limlardan tashkil topgan. Uning rivojlanishida O’zbekiston fiziklarining qo’shgan hissasi nuqtai nazardan quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni aytib o’tish mumkin:
• qattiq jism fizikasi,
• elementar zarralar va kosmik nurlari fizikasi,
• yadro fizikasi,
• past temperatura fizikasi,
• elektronika,
• issiqlik fizikasi,
• fizikaviy optika,
• polimerlar fizikasi
• va boshqa ayrim maxsus yo’nalishlar.
Ko’rsatib o’tgan sohalar bo’yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar 1943 yilida ta’sis etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zRFA)ning qator ilmiy tadqiqot institut (ITI) larida,mamlakatimizning oliy o’quv yurtlarining kafedralari va ilmiy texshirish laboratoriyalarida sobiq ittifoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan keskin hamkorlikda o’tkazilib kelgan. Bu tadqiqotlar natijasida respublikamizda fizika fani keng rivojlandi, katta bir ilmiy maktablar shakllandi va buyuk olimlar tayyorlandi. Ularning amaliy va nazariy natijalari tegishli ilmiy yutuqlarga erishishga asos berdi. Hozirga kelib fizika sohasi bo’yicha Mirzo Ulug`bek nomli O’zbekistton Milliy universitet qoshidagi Amaliy fizika Ilmiy tadqiqot instituti (AFITI), aksariyat oliy ta’lim muassasalarining fizika kafedralari hamda quyidagi O’zbekiston FA ning 6 ta ilmiy tadqiqot institutlari:
• Fizika texnika instituti (FTI). “Quyosh” - ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi;
• Issiqlik fizikasi bo’limi;
• Yadro fizikasi instituti (YaFI);
• Elektronika instituti;
• Polimerlar fizikasi instituti;
• Astronomiya instituti faoliyat olib bormoqda.
Quyida ularning ayrimlari xaqida batafsil tuhtalib o’tamiz.
O’zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ilk izlanishlar asrimizning 20 yillaridayoq boshlangan. Lekin 40 yillar oxiridan boshlab, akademik S.A.Azimov rahbarligida O’zbekiston fanlar akademyasi fizika texnika institituda (FTI), kosmik nurlar laboratoriyasi va o’rta osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O’zbekistton Milliy universiteti)da tashkil qilingan yadro fizikasi kafedrasida yadro fizika sohasi dagi ishlar muntazam o’tkazilib keldi. 1955 yilda amaliy yadro fizikasi bo’yicha keng ko’lamdagi ishlar boshlab yuborildi. Bunda U.O.Orifov tashabbus ko’rsatdi: FTIda kobalt-60, gamma-nurlatgich manbai bo’lgan qurilmada ipak qurti pillasining ishlovida gamma-nurlaridan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etila boshlandi. O’sha yilning avgust oyida FTIning direktori U.O.Orifov inistituti fizikaviy
tadqiqotlar o’tkazish va radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan quvati 100 kvatt bo’lgan yadro reaktori qurilishi lozimligi asoslab berilgan xujjatni respublikamiz vazirlar kengashiga topshirdi. Shundan keyingi voqealar kutilgandan xam yaxshi bo’ldi. Muso Mo’minov O’zbekistonda birinchi bo’lib suv, turoq, mevali daraxtlar, yovvoyi hamda madaniy ekinlarning radioaktivligini o’rganishni boshlab berdi. Bu tadqiqot mavzusi – tabiatni muhofaza qilish ishi bilan chanbarchas bog`liq bo’lib, olimning ilmiy qarashlari kengligi, voqealarni oldindan ko’ra olishga bo’lgan o’zidagi ishonchdir. Muso Mo’minovning bu boradagi ishlari keng jamoatchilikka o’z davrining ko’plab ilmiy ommobop jurnallaridan e’lon qilingan va barchaga manzur bo’lgan. 1955 yilning oktyabr oyida akademik I.V.Kurchatov va uran bo’linishining zanjir reakstiyasi nazariyasi bo’yicha ishlar mualliflaridan biri Y.B.Xaritonlar O’zbekistonda o’tkaziloyotgan tadqiqot ishlarida radioaktiv izotoplarning qo’llanilish bilan tanishadilar, o’sha vaqtda yagona bo’lgan fizika texnika institutining laboratoriyalarida bo’lib, bu ishlar atom fizikasi va texnikasi yutuqlarini fan va texnikada keng qo’llash rejalarining bir qismi edi. 1956 yilning avgust oyida mazkur
reja amalga amalga oshirilida ya’ni bunda turli xududlarda yadro reaktorlari va boshqa
fizikaviy qurilmalar bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot markazlarini barpo etish ko’zda tutildi. Toshkentda O’zbekiston fanlar akademiyasida yadro fizikasi institutini ochish va unga qarashli reaktor va siklotron qurish va yadro fizikasi sohasida keng miqyosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan laboratoriyalarni tashkil qilish va xodimlarni turar joy bilan ta’minlash rejasi tasdiqlandi. Institut oldiga yadro fizikasining asosiy masalalari bo’yicha, radioaktiv izotoplardan biologiya, kimyo, medistina va texnikada keng foydalanish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish vazifasi qo’yiladi.

Yüklə 22,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin