II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash: Hindistonning sanoati haqida bilganlaringizni gapirib bering.
Hindistonning aholisiga, qishloq xo‘jaligiga ta’rif bering.
III.Yangi mavzu bayoni Janubi-g‘arbiy Osiyo mintaqasi tarkibiga Yaqin va 0‘rta Sharq hamda Kavkazortining 20 ta mamlakati kiradi. Davlatlar soniga ko‘ra mintaqa Osiyodagi eng yirik subregiondir.
Janubi-g‘arbiy Osiyoning maydoni 7 mln. km2 ga teng bo'lib, aholisi esa 361 mln. (2013-yil, iyul oyiga nisbatan) kishidan ortiqdir.
Janubi-g‘arbiy Osiyo hududi Shimoliy va Sharqiy tomonlarida materikka tutashgan, G‘arbiy va Janubiy tomonlarida esa katta masofada dengizlar bilan o‘ralgan. Undagi Armeniya, Afg‘oniston va Ozarbayjondan tashqari— boshqa barcha mamlakatlaming dunyo dengizlariga chiqa olish imkoniyatlari Janubi-g‘arbiy Osiyo IGO‘ (Iqtisodiy geografik o‘rni)ning qulayligini ta’minlaydi. Janubi-g‘arbiy Osiyoda maydoni va aholisining ko‘pligiga ko‘ra Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq yirik va Bahrayn, Kipr, Qatar kichik mamlakatlari liisoblanadi. Isroil, Kipr, Turkiya iqtisodiy jihatdan imkoniyatlar yaxshi va aksincha, Yaman, Afg‘oniston nochor mamlakatlar qatorida turadi. Shuningdek, Fors qo‘ltig‘i bo‘yi mamlakatlar neft qazib chiqaradiganva undan katta daromad oladigan davlatlardan sanaladi.
Mintaqa hududining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari xilma-xil va hududiy jihatdan katta tafovUtlarga ega. Relyefiga ko‘ra Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Armeniyada baland va yosh tog‘lar, yassi tog‘liklar hududning katta qismini egallab yotadi. Ular Arabiston dengizi hamda Fors qo‘ltig‘ bo‘ylarida ham anchagina maydonlami egallaydi, ammo iqlimi qurg‘oqchil va oqar suvlari yo‘qligi sababli bu yerlardan foydalanish ancha qiyin. Bundan Mesopotamiya pasttekisligi mustasnodir, unda Frot va Dajla daryo suvlaridan sug‘orishda keng foydalaniladi. Boshqacha aytganda, yog‘in yetarli bo‘lgan subtropik tekisliklari va tog‘oldi hududlari hamda suv manbalari mavjud joylargina iqtisodiy jihatdan yaxshi o‘zlashtirilgan. Mintaqaning o‘rta va janubiy kengliklaridagi qaqrab yotgan keng hududlardan esa faqat tuya va mayda mollar yaylovi sifatida foydalaniladi.
Janubi-g'arbiy Osiyoning mineral resurslari — xilma-xil qazilma boyliklaidan: xrom (Turkiya), polimetall rudalari (Eron va Turkiya), fosforit va kaliy tuzlari (Isroil, Iordaniya) kabilaming zaxiralari anchagina. Ammo mintaqaning asosiy boyligi neft va tabiiy gazdir. Fors qo‘ltig‘i bo‘yi mamlakatlarining yer bag‘rida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismi to‘plangan. Neft zaxiralarining hajmi bo‘yicha jahonning birinchi «beshligini» Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Iroq, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari tashkil qilishining o‘zi qo'ltiq bo‘yi mamlakatlarining bu masaladagi mavqeyi naqadar yuqori ekanligini ko'rsatadi.
Shu bilan birga, mintaiqa mamlakatlari ishlov beriladigan yer va suv resurslariga juda kami?ag‘al ekanligini ham ta’kidlamoq kerak.
Mintaqa aholisi, asosan, tabiiy o'sish hisobiga ancha tez ko‘paymoqda. Gruziya, Armeniya, Isroil va Kipmi hisobga olmaganda, mintaqa mamlakatlari aholisi o‘rtasidagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari jahondagi eng yuqori darajalar (25 — 30) promilleni tashkil qiladi.
Aholisi soniga ko‘ra mintaqa mamlakatlari turlicha kattalikka ega. Eron, Turkiya va Iroq mamlakatlarida mintaqa aholisining yarmidan ко‘pi yashaydi.
Mintaqa mamlakatlari bo‘уlab aholining joylashishida ham katta tafovutlar mavjud. 0‘rtacha har 1km2 maydonga 52 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, aholi nisbatan zich yashaydigan 0‘rta, Qora va Kaspiy dengiz bo‘ylarida, tog’ oralig‘i vodiylari va suv bilan ta’minlangan vohalarda o‘rtacha zichlik 50—100 kishidan («Atlas»ga qarang) to‘g‘ri keladi. Baland tog‘li va janubiy cho‘l hududlarida esa aholi ancha siyrak joylashgan — 1 km2 maydonda 1—10 kishi yashaydi. Aholining aksariyat qismi o‘troq holda sanoat, dehqonchilik va transport sohalarida xizmat qilsa, Arabiston yarimoroli, Eron va Afg‘onistonning tog‘li cho‘llarida millionlab kishiJar hamon o‘z chorva mollari izidan ko‘chmanchilik qilishadi.
Janubi-g‘arbiy Osiyoda aholining o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 70% dan yuqori. Shahar aholisining salmog‘i ayrim mamlakatlarda 50—55 % dan oshmagani holda, Isroil va iqlimi juda qurg‘oqchil Kuvayt, Bahrayn, Qatar kabi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 91—98% ni tashkil qiladi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda bir millatli (ko‘pchilik Arab davlatlari) hamda ko‘p rmllatli (Afg‘oniston, Eron, Iroq, Turkiya) mamlakatlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘proq arab, fors, turk, yahudiy tillarida so‘zlashuvchi xilma-xil milliy guruhlar yashaydilar.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari davlat tuzumiga ko‘ra ham ancha xilma- xillikka ega. Agar Saudiya Arabistonida mutlaq teokratik monarxiya, Qatar va Ummonda mutlaq monarxiya, Bahrayn, Iordaniya va Kuvaytda konstitutsion monarxiya, Birlashgan Arab Amirliklarida har 5 yilga saylab qo‘yiladigan federativ monarxiya — siyosiy boshqaruv tartibi mavjud bo‘lsa, mintaqaning boshqa davlatlarida boshqaruvning respublika siyosiy tuzumi faoliyat ko'rsatmoqda.