Darsning maqsadi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix10.05.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#57482
1   2   3   4   5
3-amaliy mashg\'ulot

Dializatorni  tayyorlash.  Sellofandan  9-12  sm  diametrli  doira  kesib  olinadi.  Uni 

xalta  shaklida  bukiladi.  Hosil  bo’lgan  xaltacha  shisha  tayoqchaga  boylanadi  va 

stakanga tagi tegmaydigan qilib osiladi. Kichkina voronka yordamida dializatorga 

10  ml  tuzli  aralashmaning  filtratidan  solinadi  (solingan  suyuqlik  xaltachaning 

yarmidan  oshmasligi  kerak)  va  1  litrli  distillangan  suv  solingan  stakanga 

joylashtiriladi. Shunadan keyin har 5-10 minut davomida stakandagi suvdan olib, 

unga  sulfat  ionlarini  borligini  (bariy  gidroksid  yordamida)  va  oqsilni  yo’qligiga 

(biuret reaksiyasi yordamida) tekshirish uchun reaksiyalar o’tkaziladi. Stakandagi 

suv  almashtirilgandan  keyin  yana  shu  reaksiyalar  qilib  ko’riladi.  Agar  reaksiya 

chiqsa, stakandagi suv 5-10 minut davomida almashtirilib, reaksiya chiqmaguncha 

amalga oshiriladi. 1,5-2 soatdan keyin sulfat ionlari uchun olib borilgan reaksiya 

chiqmaydi. Bu dializning tugaganligidan darak beradi,  ya’ni bunda dializatordagi 

tuz  to’liq  stakandagi  suvga  chiqib  ketgan  bo’ladi.  Shu  paytda  xaltachadagi  tiniq 

bo’lgan  filtrat  loyqalanadi.  Natijada  distillangan  suvda  eriydigan  globulinlar 

cho’kmaga  tushadi.  Xaltacha  stakandan  olinadi  va  uning  ichidagisi  qog’oz  filtr 

orqali filtrlanadi. Filtrda globulinlar qoladi, albuminlar esa filtratga o’tadi. Ikkala 

tomonda ham oqsil borligi biuret reaksiyasi yordamida aniqlanadi. 

 

Albuminlarni  cho’ktirish  uchun  filtratga  ammoniy  sulfatning  kukunidan 



eritma to’yingan holga kelguncha solinadi. Bunday sharoitda albuminlar cho’kmaga 

tushadi. Keyin quruq qog’oz filtr yordamida filtrlanadi. Ammoniy sulfat bilan to’liq 

to’yintirilganda, eritmada oqsil qolmaydi. Buni tekshirish uchun filtratdan ozgina 

olib biuret reaksiyasini o’tkazib ko’rish kerak.  

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin