Darsda foydalaniladigan usullar: “Klaster”, “Tadqiqot”, “Mening fikrim o‘zgacha” (badiiy tahlil usuli), “Guruhlarda ishlash”, “BBB”
Darsning jihozi: darslik, Asqad Muxtorning she’riy to‘plamlari, “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, videoproektor, rasmlar, tarqatmali materiallar, baholash kartochkalari;
DARS JARAYONI
Tashkiliy qism.
O‘qituvchi:
Har ishning avvali assalom bilan,
Har kunning avvali xush kalom bilan.
So‘zimni boshlasam avval salom deb,
Saboq o‘tar o‘quvchim, intizom bilan.
O‘quvchilar:
Assalom, ustozim, mehri bir olam,
Assalom, bu udum bizga abadiy.
Saboqqa tayyormiz, o‘rgating bizga
Odoblar mahzani adabiy ta’lim.
O‘qituvchi:
Xona toza, saranjom,
Sarishtalik bezakdir.
Darsda hamma bo‘lishi,
O‘zimizga kerakdir.
Qani aziz o‘quvchi,
Kim sinfda navbatchi?
Navbatchi:
7-“B” sinfda 18 o‘quvchi bor
Adabiyot darsiga barcha o‘quvchi tayyor.
O‘qituvchi: Qani adabiyotga ta’rif beringlar
Dostları ilə paylaş: |