IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Arxeologiya tarixidan Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga arxeologlar va ularning ish faoliyati haqida umumiy tushuncha berish.
Tarbiyaviy – o’quvchilarga bugungi kunda o’zbek arxeologlarining tarix fani uchun qo’shgan hisssasini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish.
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – arxeologiya, akvalang, madaniy qatlam, Jak Iv Kusto Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Arxeologiya tarixidan Arxeologiya o’tmishni tarixiy moddiy manbalar – yodgorliklar asosida o’rganuvchi fan. Arxeologiya so’zi “arxeo” va “logos” kabi ikki so’zdan iborat bo’lib, qadimshunoslik degan ma’noni anglatadi.
Arxeologiya fani bilan shug’ullanuvchi olimlar – arxeologlar (qadimshunoslar) deb ataladi.
Madaniy qatlam – odamlar turmush faoliyatining izlari saqlab qolgan tuproq qatlamidir. U odamlar yashagan manzilgohgoh, gulxan qoldig’I, mahnat qurollari, suyak qoldig’I, uy-ro’zg’or buyumlari va qabrlarning qoldiqlaridir. Binobarin, madaniy qatlam inson ongli mehnatining hosili va natijasidir. Madaniy qatlam davrma-davr, ustma-ust joylashgan bo’lishi ham mumkin. Arxeologik yodgorliklar qayerdan topilgan bo’lsa, u o’sha joyning nomi bilan atalishi mumkin.