O’qituvchi o’tgan mavzular yuzasidan guruhlar bilan “Kim bilag’on” o’yinini o’tkazadi. Bunda guruhlar musiqa darsidagi barcha jarayonlar bo’yicha bir-birlarilariga savollar beradilar va berilgan to’g’ri javoblariga qarab bir birlarini rag’barlantiradilar, o’tgan mavzuni mustahkamlab, bo’shliqlarni to’ldiriladi.
Savollar:
1.Musiqa fanida nimalarni o’rganamiz?
2.Tabiatda necha xil tovush bor?
3.Musiqada nechta nota tovushi bor?
4.Musiqada nechta kalit bor?
5.Qaytarish belgisini qanday nomlanadi?
6. Musiqada alteratsiya belgilari qanday vazifani bajaradi?
7.Musiqada nechta o’lchov bor?
8.Madhiyani nqachon va qayerda ijro etiladi?
9. O’zbek xaql cholg’u asboblariga qanday asboblar kiradi?......
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar “Kim bilag’on” o’yinimizda guruhlar o’zlarini bilimlarini, zukkoliklaklarini namoyish etibgina qolmay, balki, o’tilgan mavzularni yana bir bor mustahkamlab oldilar. Ana endi, sizlar bilan qo’shiq kuylash mashqini boshlaymiz. Yangi qo’shiqni bilan tanishishdan avval sizlar bilan bahor faslining ilk kunlarida nishonlanadigan bayram haqida suhbatlashsak. Aziz bolajonlar, bahorning ilk kunlarida sizlar bilan qanday bayramni nishonlaymiz?
-O’quvchi: Bahorning ilk kunlarida 8-mart ‘Xalqaro xotin-qizlar” bayramini nishonlaymiz.
(Ekranda rasmlar namoyish etiladi)
.
-O’qituvchi: Juda ham to’g’ri, bahor faslining ilk kunlarida barchamiz ayollar bayramini nishonlaymiz. Bu bayramga barchamiz hozirdanoq tayyorgalik ko’rishni boshlab yuborganmizmi?...