Darsning mavzusi: Qonning shaklli elementlari Darsning ta’limiy maqsadi


Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar



Yüklə 474,92 Kb.
səhifə2/15
tarix10.11.2022
ölçüsü474,92 Kb.
#68426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BIOLOGIYA (ODAM VA UNING SALOMATLIGI) DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar:

qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar, gemofiliya va qonning ivish jarayoni.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.

3. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

4. Yangi mavzuni o’rganish:

a) yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o’quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;

b) o’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;

v) har bir modul topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;

g) har bir modul yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish. O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi manti­qiy tugallangan fikrli to’rt qismga ya’ni modulga ajratadi:

Eritrotsitlar.

Leykotsitlar.

Trombotsitlar.

Qonning ivishi.

Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi.

^ Qonning shaklli elementlari ” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi.

Modul dasturining didaktik maqsadi: Siz o’quvchilar bilan kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash bilan birga qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar va qonning ivish jara­yo­ni bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikma­laringiz, nutq va muloqot madaniyati­ngizni rivojlantirishingiz zarur.

O’quv faol. el.

(O’FE)

O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialiga oid topshiriqlar


Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatma


baho



1-O’FE

1.


2.

3.


4.

5.

6.


2-O’FE

1.

2.


3.

4.

5.


3-O’FE

1.

2.


3.

4.


5.

4-O’FE

1.

2.


3.

4.


5.

5-O’FE



Maqsad: Eritrotsitlarning tuzilishi, hosil bo’­lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.

Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Eritrotsitlarning qayerda hosil bo’lishi va tuzilishidagi o’ziga xoslikni o’rganish.

Eritrotsitlarning boshqa hujayralardan qan­day farqi bor?

Odam qonida eritrotsitlarning hosil bo’lishi va normal miqdorda bo’lishi qanday omillarga bog’liq?

Eritrotsitlar hayotining davomiyligi va qayerda parchalanishini aniqlang. Bu moddalar qaysi jarayonlarda sarf bo’ladi?

Eritrotsitning asosiy vazifasini aniqlang.

Eritrotsitning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi qanday kasallikni keltirib chiqaradi?

Maqsad: Leykotsitlarning tuzilishi, hosil bo’­lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.

Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshi-riqlarni bajaring:

Leykotsitning eritrotsitdan qanday farqi borligi va turlarini aniqlang.

Leykotsitning normal soni, ularning ko’payi­shi va kamayishi bilan bog’liq holda kelib chiqa­di­gan kasalliklarni aniqlang.

Leykotsitlarning asosiy vazifasini aniqlang.

Fagotsitoz kim tomonidan aniqlangan?

Qaysi omillar ta’sirida leykotsitlarning soni kamayadi?

Maqsad: Trombotsitlarning tuzilishi, hosil bo’­lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.

Trombotsitlar qayerlarda hosil bo’ladi?

Trombotsitlar eritrotsitlar va leykotsitlardan qaysi belgilari bilan farqlanadi? Soni va umrining davomiyligi aniqlang.

Trombotsitlarning asosiy vazifalarini aniqlang.

Trombotsitlarning kamayishi qanday kasallik­larni keltirib chiqaradi?

Trombotsitlar tarkibida qanday modda bo’ladi va u qanday vazifani bajaradi?

Maqsad: Qonning ivish jarayoni va unga ta’sir ko’rsatadigan omillarni o’rganish.



Qon ivishining qanday ahamiyati bor?

Odamda qon ivishining o’zgarishi qanday natijalarga olib keladi?

Qon ivishida ishtirok etadigan omillarni aniqlang.

Gemofiliya kasalligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganing.

Qachon va qanday holatda qonning ivish xossasi kamayadi?O’zlashtirgan bilimlaringiz asosida 1- jadvalni to’ldiring.

Modul dasturini yakunlash.Modul dasturining didaktik maqsadini o’qib chiqing.

Siz unga qay darajada erishdingiz?

O’zingizning o’quv faoliyatingizni besh balli tizimida baholang.

O’quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo’lsangiz qonning shaklli elementlari, qonning ivishiga oid atamalardan foydalanib krossvord tuzing.

Agar o’z o’quv faoliyatingizdan erishilgan natija sizni qanoatlantirmasa, modul dasturi yordamida mavzuni qayta o’rganing.


O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang


O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.


O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang


O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.








Yüklə 474,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin