Yoyli dastakli payvandlash – yoyli payvandlashda, yoy yonishi,
elektrod uzatilishi va siljitishi qo‘lda bajariladi.
Yoyli dastakli payvandlashda, yoy yonishi, payvandlash davri
da uni ushlab turish, payvandlanayotgan yuza bo‘yicha siljitish
kabi ishlarni payvandchi qo‘lda bajaradi. Normal yoy uzunligi
0,5–1,1 ga elektrod diametridan oshmaydi. Elektrod diametri 3–6
mm ni tashkil etadi. Payvandlash ishlari asosiy hajmini 90–350
A va 18–30 V kuchlanishda bajariladi.
Payvandlashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosim
va qizdirish qo‘llaniladi.
Haroratni oshirib borish bilan qizdirishda metall mayin bo‘la
boshlaydi. Metalni yanada qizdirish bilan uni suyuqlantirish
mumkin; bu holatda suyuq metall hajmi umumiy payvandlash
vanna hosil qiladi.
Payvandlash davrida suyuq metall havoning azot va kislo
rod tarkibi bilan faol ta’sirlashadi, bu esa chok mustahkamligini
pasaytiradi va nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Payvandlash
zonasini havo muhitidan himoya qilish uchun, hamda chok sifa
tini oshirish uchun, kerakli bo‘lgan elementlarni qo‘shish uchun,
metall o‘zakning yuza qatlamiga maxsus moddalarni qoplashadi
yoki kukunsimon holatida kavak o‘zak ichiga presslanadi. Pay
vandlash zonasini havo muhitidan himoya qilish uchun, inert
va faol gazlar va ularning aralashmalari keng qo‘llaniladi.
Shu maqsadda elektrod atrofiga zich qatlam bilan donador material,
ya’ni flus qoplanadi. Payvandlash jarayonida eriyotgan flus yoki
maxsus moddalar, shlak qatlamini hosil qiladi, bu qatlam erigan
metalni havo muhitidan ishonchli himoya qiladi.
Ayrim metallar xona haroratida nafaqat oddiy tutashishda,
balki kuchli qisishda ham birikmaydi. Qattiq metallarning biriki-
shiga uning qattiqligi xalaqit beradi, tutashish qismiga qanchalik
ishlov berilsa ham ularni tutashtirishda ko‘p joylari tutashmaydi