Yuk rayoni hududida qayta ishlanadigan yuklarni turiga, yuk ishlarini miqdoriga va xarakteriga muvofiq idish – o‘rovli va donali, og‘ir vaznli, sochiluvchan va to‘kiluvchan yuklar, konteynerlar, o‘rmon materiallari, metallar, mineral – qurilish materiallari uchun omborlar va maydonlar, vagonlardan avtotransportlarga (to‘g‘ri variant bo‘yicha) yuklarni qayta ortish va aksincha ortish uchun maydonlar, g‘ildirakli va o‘zi yurar texnikalar uchun platformalar, tovar idorasi, sanitar – maishiy va boshqa yordamchi binolar va xonalar, elektr yuklagichlar uchun zaryadlash punkti, ta’mirlash ustaxonasi, avtomobillar uchun garaj, yoqilg‘i va moylash materiallari ombori joylashishi mumkin.
Yuk rayonini temir yo‘l stansiyasida joylashishi yaqin atrofdagi aholi punktlari, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari bilan qulay qatnovlarni; transport vositalarini omborlarga va maydonlarga temir yo‘llarni eng kam kesishishlar bilan osonlikcha o‘tib borishini; yuk rayoni hududida transport vaositalarini to‘xtab turishini hamda uning hududiga kiraverishida kutib turishini qulayligini; sanitariya me’yorlarini bajarilishini ta’minlashi kerak.
Yuk rayonini obodonlashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Uning hududi barcha tomonidan devorlar yoki panjaralar bilan to‘silishi, to‘siqlarning hamma perimetri bo‘yicha muhofaza signali, yong‘inga qarshi va yoritish vositasi bilan jihozlanishi kerak. Yuk rayoni dorvozasi kirish – chiqish nazorat punkti joylashtiriladi.
Yuk aylanmasining tuzilmasiga muvofiq yuk rayonlari – universal va ixtisoslashtirilgan turlarga bo‘linadilar. Universal yuk rayonlarida turli nomeklaturadagi yuklar bilan ortish – tushirish, saralash ishlari bajariladi, ixtisoslashtirilgan yuk rayonlarida esa cheklangan nomeklaturadagi yuklar bilan ortish – tushirish, saralash ishlari bajariladi.
Yo‘llarini rivojlanish chizmasiga muvofiq yuk rayonlari – berk va o‘tkinchi turlarga bo‘linadilar. Berk turdagi yuk rayonlari eng keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘tkinchi yuk rayonlariga nisbatan muayyan texnika – iqtisodiy afzalliklarga ega. Berk yuk rayonlarida avtotransportlar har bir ombor va maydonlarga temir yo‘lini kesishmay yetib boradi, avtoyo‘laklari oxirida avtomobillarni burilishi uchun radiusi 15 metrdan kam bo‘lmagan halqa shaklidagi maydonlar nazarda tutiladi. Avtomobillarni to‘xtab turishi uchun yuk rayoniga kiraverishida maxsus maydon, yuk rayoni hududida esa kechasi avtomobillarni va ularni tirkamalarni to‘xtab turishi uchun maydon nazarda tutiladi. Yuk rayoni omborlari, maydonlari va yo‘laklar sirtidan oqib chiqqan yomg‘ir va qor suvlarni chetlatish maqsadida oqava ariqchalari va suvni chetlatish inshootlari nazarda tutiladi.
Yuk rayonlari operativ, texnologik va axborot aloqasi (telefon, teletayp, ko‘chma radio stansiya, mobil telefonlar) qurilmalari bilan jihozlanadi. Katta ish hajmili yuk rayonlarida texnologik jarayonlarni yuqori darajada maxanizatsiyalashni va avtomatizatsiyalashni inobatga olib loyihalanadi va ular transport – ombor komplekslari dab ataladi.