Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси


-ma`ruza. Архитектурани лойиҳалаш



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə23/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

4-ma`ruza. Архитектурани лойиҳалаш.
R E J A :
1. Dasturiy ta’minot ishonchliligi
2. Universallik. Kutubxonalar.
3. Kiritish va chiqarish formatlari.
4. Maqsadni aniqlash. Murakkablik.


Tayanch so’zlar: Universallik, kutubxonalar, kiritish va chiqarish formatlari, maqsadni aniqlash, murakkablik, bo’sh xonalar nomlash, tartibli raqamlash. O’zgaruvchilarning nomini tanlash, fayllar nomi, qisqartirishlar, operatorlarni joylash.
Dasturiy ta'minot tizimlarining hajmi va murakkabligi oshib borgani sari, dasturiy injiniring sohasida uchraydigan eng muhim talab bu - biz tizimga ishonishimiz mumkinligini ta'milash ekanligi oydinlashmoqda. Biz biror tizimga
ishonishimiz uchun bu tizim talab qilingan ishga mos kelishi va bu ishni to'g'ri bajarishi kafolatlanmog'i lozim. Buning ustiga tizim xavfsiz bo'lsin, ya'ni bizning PC larimiz yoki ma'lumotlarimiz bu tizim orqali xavf ostida qolmasin. Bizning ushbu Ma’ruzamiz ishonchlilik va xavfsizlik borasidagi muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Hisoblash tizimlari shaxsiy hayotimiz hamda ishlarimizga chuqur kirib borgani sari tizim va dasturiy ta'minot nosozligi oqibatida kelib chiqadigan muammolar ham ortib bormoqda. Masalan, elektron tijorat bilan shug'ullanuvchi kompaniyaning serveri dasturiy ta'minotida paydo bo'lgan nosozlik ko'p miqdorda yillik daromad boy berilishi, mijozlarning yo'qotilishiga sabab bo'ladi.
Hozirda dasturiy ta'minot intensiv tizimlari hukumat, kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun juda ham zarur, shuning uchun keng qo'llanadigan dasturiy ta'minotlarga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri bu ishonchlilik bo'ladi. Dasturiy ta'minot talab qilingan vaqtda javob berishi , vazifani to'g'ri bajarishi hamda autorizatsiyalanmagan ma'lumotlarni oshkor etilishi kabi ishning maqsadiga to'g'ri kelmaydigan ta'sirlardan yiroq bo'lishi kerak. 'depend ability' ya'ni 'ishonchlilik' termini 1995 - yilda Lepray tomonidan tizimining tayyorlik, mustahkamlik, xavfsizlik va himoyalanganlik xususiyatlarini qamrab oluvchi atama sifatida taklif etilgan edi. Quyidagi sabablarda ko'ra tizimlar ishonchliligi hozirda ularning barcha funksionalligidan ko'ra muhimdir:
1. Tizim nosozligi ko'p sondagi insonlarga zarar keltiradi. Ko'pgina tizimlarning ichki funksionalligi kam ishlatiladi. Agar bu funksionalliklar ya'ni xizmatlardan biri tizimdan olib tashlansa oz miqdordagi foydaanuvchilar zarar ko'radi. Tizim yaroqliligiga zarar yetkazuvchi nosozlik esa bu tizimdan foydalanayotgan barcha iste'molchilarga zarar ketirishi mumkin. Nosozlik vaqtida normal ish yuritib bo'lmay qoladi.
2. Foydalanuvchilar odatda mustahkam bo'lmagan, himoyalanmagan yoki xavfsiz bo'lmagan tizimlarni rad etadilar. Agar foydalanuvchilar tizimni ishonchsiz
va himoyalanmagan deb topsalar, uni ishlatishdan bosh tortadilar. Bu narsa esa keyinchalik ushbu tizimni ishlab chiqargan kompaniyaning boshqa mahsulotlariga nisbatan ham foydalanuvchilar ishonchining so'nishiga olib keladi.
3.Tizim nosozligi juda qimmatga tushishi mumkin. Yadro reaktorini nazorat qilish yoki airoplanlarni boshqaruvchi tizimlarga o'xshash tizimlarda paydo bo'ladigan nosozliklardan keladiga zarar, ularni boshqarishga sarflangan xarajatlar qiymatidan ham o'tib tushadi.
4. Ishonchsiz tizimlar axborot yo'qotilishiga sabab bo'lishi mumkin. Gohida hisoblash tizimiga joylashtirilgan ma'lumotlar shu tizimning o'zidan-da qimmat bo'ladi. Yo'qotilgan ma'lumotlarni qayta tiklash esa yanada qimmat turadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin