n (n>0) butun son berilgan. Dastlabki n ta musbat toq sonlarni saqlaydigan n o‘lchamli butun sonli massiv tashkil etilsin.
n (n>0) butun son berilgan. 2 ning darajalarini saqlaydigan n o‘lchamli butun sonli massiv tashkil etilsin.
Butun n (n>1) soni, arifmetik progressiyaning birinchi hadi a va uning ayirmasi d berilgan. Shulardan foydalanib o‘zida arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadini saqlovchi massiv tashkil etilsin.
n (n>1) butun soni hamda birinchi hadi bva maxraji q bo‘lgan geometrik progressiya berilgan. Shulardan foydalanib o‘zida geometrik progressiyaning dastlabki n ta hadini saqlovchi massiv tashkil etilsin.
n o‘lchamli butun sonli massiv berilgan. Berilgan massivni indekslari bo‘yicha tartibida tartiblab, massivdagi juft sonlar va ularning miqdori k chiqarilsin.
n (n>2) butun soni berilgan. f1=1, f2=1, fk=fk-2+f k-1, k=3,4,…
fk Fibonachchi sonlar ketma-ketligida birinchi n ta elementni o‘z ichiga oladigan n o‘lchamli butun sonli massiv ifodalansin va chop etilsin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Uning elementlari teskari tartibda chiqarilsin.
n o‘lchamli, butun sonli massiv berilgan. Berilgan massivdagi barcha toq sonlarni o‘z ichiga oladigan elementlarni o‘sish tartibida tartiblab, chop etilsin hamda ularning miqdori k aniqlansin.
n o‘lchamli butun sonli massiv berilgan. Massivdagi juft sonli elementlarining indekslarini o‘sish tartibida, toq sonli elementlarining indekslarini kamayish tartibida tartiblab, massiv chop etilsin.
n o‘lchamli a massiv va k(1≤k≤n) butun soni berilgan. Massiv elementlari shart operatoridan foydalanmasdan quyidagi tartibda chop etilsin:
n o‘lchamli a massiv berilgan(n-juft son). (indekslari o‘sish tartibida) Juft indeksdagi elementlari chiqarilsin. a2,a4,…,an. Shart operatoridan foydalanilmasin.
n o‘lchamli a massiv berilgan(n-toq son). Massivning toq indeksida turgan elementlari indekslarini kamayish tartibida tartiblab chiqarilsin. an, an-2, an-4, … a1 shart operatoridan foydalanilmasin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Avval massivning juft indeksli elementlari(indekslarini o‘sish tartibida) keyin toq indeksli elementlari (indekslarini o‘sish tartibida) chiqarilsin: a2, a4, a6, … a1, a3, a5… Shart operatoridan foydalanilmasin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Avval toq indeksdagi elementlar, keyin juft indeksdagi elementlar kamayish tartibida chop etilsin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Uning elementlari quyidagi tartibda chiqarilsin: a1, an, a2, an-1, a3, an-2, ...
n o‘lchamli a massiv berilgan. Uning elementlari quyidagi tartibda chiqarilsin: a1, a2, an, an-1, a3, a4, an-2, an-3, ……(n-juft son).
n o‘lchamli massiv hamda k va l butun sonlari berilgan(1≤k≤l≤n). k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan massiv elementlarining yig‘indisi topilsin.
n o‘lchamli massiv hamda k va l butun sonlari berilgan. (1). k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan elementlardan boshqa barcha massiv elementlarining yig‘idisi topilsin.
n o‘lchamli massiv hamda k va l butun sonlari berilgan. (1). k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan elementlardan boshqa barcha massiv elementlarining o‘rta arifmetigi topilsin.
Bir xil sonlarni o‘z ichiga olmaydigan n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Uning elementlari arifmetik progressiyani tashkil etishi aniqlansin. Agar tashkil etsa progressiya ayirmasi, tashkil etmasa 0(nol) chiqarilsin.
Nol bo‘lmagan butun sonli n o‘lchamli massiv berilgan. Uning elementlari geometrik progresssiyani tashkil etishi tekshirilsin. Agar tashkil etsa progressiya maxraji aks holda 0(nol) chiqarilsin.
n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivda juft va toq sonlarning(navbat bilan) almashinib kelishi aniqlansin. Agar almashinib kelsa 0, aks holda qonuniyatni buzgan birinchi element tartib nomeri chiqarilsin.
n o‘lchamli nol bo‘lmagan butun tipli massiv berilgan. Musbat va manfiy sonlarning almashinib kelishi tekshirilsin. Agar almashinib kelsa 0 aks holda qonuniyatni buzgan birinchi elementning tartib nomeri chiqarilsin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Uning juft indeksli elementlarining ichidan eng kichigi topilsin.
n o‘lchamli a massiv berilgan. Uning toq indeksli elementlarining ichidan eng kattasi topilsin.
n o‘lchamli massiv berilgan. O‘zining o‘ng yonidagi elementdan katta massiv elementlari indekslari va shunday elementlar soni chiqarilsin(topilgan indekslar o‘sish tartibida chiqarilsin).
n o‘lchamli massiv berilgan. O‘zining chap yonidagi elementdan katta bo‘lgan massiv elementlarining indekslari va shunday elementlar soni chiqarilsin( topilgan indekslar kamayish tartibida chiqarilsin).