112
qilinmasada, ushbu amallarning o„zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha
katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar
tezroq ishlaydi.
Shu joyni o„zida qat‟iy usullarni ishlash tamoyillariga ko„ra 3 ta toifaga
bo„lish mumkin:
1. To„g„ridan-to„g„ri qo„shish usuli (by insertion);
2. To„g„ridan-to„g„ri tanlash usuli (by selection);
3. To„g„ridan-to„g„ri almashtirish usuli (by exchange).
6.2. To„g„ridan-to„g„ri qo„
shish usuli bilan saralash algoritmi
Bunday usul karta o„yinida keng qo„llaniladi. Elementlar (kartalar) hayolan
“tayyor”
a(1),...,a(i-1) va boshlang„ich ketma-ketliklarga bo„linadi.
Har bir
qadamda (
i=2 dan boshlanib, har bir qadamda bir birlikka oshirib boriladi)
boshlang„ich ketma-ketlikdan i-chi element ajratib olinib
tayyor ketma-ketlikning
kerakli joyiga qo„yiladi.
To„g„ridan-to„g„ri qo„shish orqali saralash algoritmi quyidagicha bo„ladi:
for (int i=1;i
x=a[i];
x ni a[0]...a[i] oraliqning mos joyiga qo‘shish
}
Kerakli joyni qidirish jarayonini quyidagi tartibda olib borish qulay bo„ladi.
2-elementdan boshlab har bir elementni qarab chiqamiz, ya‟ni har bir element
o„zidan oldin turgan element bilan solishtiriladi. Agar qaralayotgan element kichik
bo„lsa, oldinda turgan element bilan o„rin almashadi va yana o„zidan oldinda
turgan element bilan solishtiriladi, jarayon shu kabi davom etadi. Bu jarayon
quyidagi shartlarning birortasi bajarilganda to„xtatiladi:
1. x elementi oldida uning kalitidan kichik kalitli a(j) elementi chiqqanda.
2. x elementi oldida element qolmaganda.
for (int i=1;i