Dasturiy injiniring tarixi
“Dasturiy injiniring” atamasi 1968 - yil konfrensiyada taklif qilingan. 1970 - 1980 - yillarda strukturali dasturlash va obyektga yo’naltirilgan ishlab chiqish kabi dasturiy injiniring usullari va metodlari ishlab chiqildi. Standard atamalar ishlab chiqildi va hozirgi kunda keng qo’llanilmoqda.
Professional dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
Ko’p odamlar dasturlar yozishadi. Odamlar ishda o’z ishlarini osonlashtirish uchun elektron jadval ko’rinishli dasturlar tuzushadi, tadqiqotchilar va injinerlar ilmiy tajribaga oid ma’lumotlarga ishlov berish uchun dasturlar tuzishadi, yoki qiziqish sabab dasturlar tuzishadi. Professional dasturiy ta’minot bu dasturchidan tashqari boshqa insonlar ham foydalanishi maqsadida ishlab chiqiladi va odatda individual bo’lib emas guruh bo’lib ishlanadi. Dasturiy injiniring professional dasturiy ta’minotni qo’llab quyyatlashga yo’naltirilgan bo’lib u dasturning o’ziga xos xususiyatlari, dizayni va evolutsiyasini ta’minlovchi usullarni o’z ichiga oladi. Dasturiy injiniring nimaligi haqida sizga kengroq tushuntirish maqsadida quyida ko’p so’ralgan savollarga qisqacha javoblarni havola etamiz.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.
Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
1. Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish
tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan
mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy
kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn
tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi
dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2. Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma
qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik
qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam
berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda
dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot
nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy
ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora
kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP)
tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy
ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir.
Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1. Dasturiy ta’minot xususiyati
2. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta’minotni tekshirish
4. Dasturiy ta’minot evolutsiyasi
Dostları ilə paylaş: |