Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6


Dasturiy ta’minot sifati va harajatlar



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə36/60
tarix13.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#129423
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6

5.5 Dasturiy ta’minot sifati va harajatlar

Dasturiy ta’minotning yaxshi sifati ishlab chiqishga ortiqroq xarajatlarni talab qiladi. Keng iste’mol tovarlarinig boshqa sohalarida bo‘lganidek dasturiy ta’minot uchun ham sifat uzoq muddatga o‘zini oqlaydi va shunchaki “arzon”, lekin sifati pastligi nisbatan foydaliroq.


Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish vaqtida sifatga, investitsiyaga, qoida bo‘yicha, texnik xizmat ko‘rsatish va dasturiy mahsulot ekspluatatsiyasiga, harajatlar va vaqt tejalishiga sabab bo‘ladi.
Sifat belgilarining bir-biri bilan o‘zaro ta’siri, shuningdek ishlab chiqarish vaqtiga (muddatiga) va ishlab chiqarish uchun xarajatlarga ta’sirini ko‘rsatib beradi.




ga ta’sir qiladi
Belgi

Bexatolik

Ishonchlilik

O‘xshahslik

O‘rganish imkoniyati

Barqarorlilik

Tushunarlilik

Dasturni o‘zgartirish va kengaytirishga layoqat

Testlash imkoniyati

Samaradorlik

Ko‘p marotaba foydalanish imkoniyati

Ishlab chiqish vaqti

Hayot sikli

Tajriba konstruktorlik ishlariga harajatlar

Ishlab chiqarish harajatlari

Texnik xizmat ko‘rsatishga harajatlar

Ko‘chirishga harajatlar.

Bexatolik




+

0

0

+

0

0

0

0

0

-

+

-

+

+

0

Ishonchlilik

0




0

0

+

0

0

0

-

0

-

+

-

+

+

0

O‘xshahslik

0

0




+

0

0

0

0

+

-

-

0

-

+

+

-

O‘rganish imkoniyati

0

0

0




0

0

0

0

-

0

-

0

-

+

0

0

Barqarorlilik

0

+

+

0




0

0

+

-

0

-

+

-

+

+

0

Tushunarlilik

+

+

0

0

+




+

+

-

+

+

+

+

0

+

+

Dasturni o‘zgartirish va kengaytirishga layoqat

+

+

0

0

+

0




+

-

+

-

+

+

0

+

+

Testlash imkoniyati

+

+

0

0

+

0

+




-

+

+

+

+

0

+

+

Samaradorlik

-

-

+

-

-

-

-

-




-

-

+

-

+

-

-

Ko‘p marotaba foydalanish imkoniyati

0

0

-

0

0

0

+

0

-




-

+

-

-

+

+

(+ ijobiy ta’sir, -salbiy ta’sir, 0 hech qanday ta’sir yo‘q)
5.4-rasm. Sifat belgilari, vaqt va harajatlarning o‘zaro bog‘lanishi.
6. Dasturning ta’minot xizmati va uning kelgusidagi rivojlanishi
O‘quv maqsadi
O‘quvchi xizmat ko‘rsatishning tahlili va borishini, shuningdek hujjatlashtirishni yaxshi o‘zlashtiradi.


Mazmun

  • Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha (tahrir qiluvchi, takomillashtiruvchi, moslashtiruvchi) harakatlar.

  • ABC- tahlil va Portfolio-tahlil

  • Xizmat ko‘rsatishning borishi

  • Hisobot berish / xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xujjatlar

  • Texnik xizmat ko‘rsatish haqidagi shartnomalar (bitimlar) turlari, rasmiylashtirilishi

Dasturiy ta’minot xizmati dasturiy ta’minotni ishchi, texnik, dolzarb holatda tutishi va uni iste’molchining o‘zgarib turadigan talablariga moslanuvchan holda saqlashi kerak. Bunda xizmat ko‘rsatishning quyidagi uchta vazifasi yuzaga keladi:

  • Xatolarni tuzatish

  • Dastlabki talablarning o‘zgarishi

  • Funksionallik va mahsuldorlikning yaxshilanishi

Ko‘pincha xizmat ko‘rsatishni faqat xatolarni tuzatish, deb tushunishadi. Biroq, xizmat ko‘rsatish – bu ancha ko‘proq narsani bildiradi, chunki dasturiy ta’minot ishlab chiqarishning har qanday mahsuloti yoki vositasi sifatida eskiradi va dasturiy ta’minot tizimini texnikaning darajasida egallashi uchun vaqt va xarajatlar talab qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish uchun manbaalar eng boshdan rejalashtirilishi zarur. Ular agar dasturiy ta’minot o‘z tashkilotida ishlab chiqilgan bo‘lsa vaqt va inson kuchini, yoki dasturiy ta’minot maxsus firma buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lsa – tegishli byudjetni o‘z ichiga oladi. Keyingi holatda dasturiy ta’minot xizmat ko‘rsatishi haqida shartnomalar tuzish tavsiya qilinadi, shu zaylda xarajatlarni ham, mahsuldorlikni ham rejalashtirish mumkin.
6.1 Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar

Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi harakatlarni farqlash kerak:



  • Tahrirlovchi xizmat;

  • Takomollashtiruvchi xizmat;

  • Moslashtirish xizmati.

Taxrirlovchi xizmat xatolarni topish va ularni bartaraf qilish uchun zarur.

  • Ishlov xatolari: dasturning kutilmaganda tugashi (avariyali ishdan bosh tortish), xatoga ega dasturdan ma’lumotlar chiqarish, kiritilayotgan ma’lumotlarni tekshirishning qatnashmayotgan turi yoki sohasi;

  • Dasturni bajarishdagi to‘siqlar: javob qaytarish vaqtining uzoqligi va mahsuldorlikning etarli emasligi (o‘tkazishga layoqat);

  • Ekspluatatsiyaga kiritishdagi kamchiliklar: standartning shikastlanishi, dasturning bardoshsiz yoki noto‘liq loyihasi.

Dasturiy ta’minot ekspluatatsiyasi davomida tahrirlovchi xizmatidan foydalanish har xil hajmda bo‘lishi zarur. Ekspluatatsiyaning ma’lum davridan keyin dasturning bajarilish variantini muvofiqlashtirish uchun tahrirlovchi xizmat takomillashtiruvchi xizmat bilan almashtiriladi.
Takomillashtiruvchi xizmat mahsuldorlikni oshirish, dasturning xossalarini o‘zgartirish yoki yangisini qo‘shish, shuningdek, dasturning bo‘lg‘usi ta’mirga yaroqliligini yaxshilash vazifalariga ega.
Moslashtiruvchi xizmatdan dasturiy ta’minotni apparat vositalari va yoki dasturiy muhitning o‘zgarishlariga moslashtirish uchun foydalaniladi. Bunda so‘z:

  • Ma’lumotlar muhitining o‘zgarishi: masalan ma’lumot tashuvchining o‘zgarishi yoki izchil fayllar va indeksli faylning ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (DBMS) ko‘chirilishi kabi o‘zgarishlar.

  • Ishlov berish muhitining o‘zgarishi: mas. apparat vositalarining yangi muhitiga yoki yangi operatsiya tizimiga ko‘chirish singari o‘zgarishlar haqida boradi.




6.1-rasm. Xizmat bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi

Tadqiqotlar hayratlanarli natijalarni ko‘rsatdi, xarajatlarning ko‘pchiligi tahrirlovchi xizmat (masalan, xatolar qidiruvchi) tufayli emas, balki moslashtiruvchi xizmat (masalan yangi operatsiya muhitiga moslanish) tufayli kelib chiqar ekan.


Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harakatlarning uchta turi ajraladi: tahrirlovchi xizmat xatolarni topadi va yo‘qotadi, takomillashtiruvchi xizmat mahsuldorlikni oshiradi va moslashtiruvchi xizmat yangi operatsiya tizimi singari yangi muhitga moslashtiradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin