7. Dasturiy ta’minot bo‘yicha xujjatlar (dastur tavsifi)
O‘quv maqsadi
O‘quvchi dasturiy ta’minot bo‘yicha turli xildagi xujjatlarni yaxshi o‘zlashtirdi va misollar asosida alohida turlar o‘rtasidagi tafovutlarni tushintirib berishi mumkin.
Tarkibi
Foydalanuvchi xujjatlari (installatsiya / ekspluatatsiya)
Dasturiy ta’minot bo‘yicha xujjatlar
Loyiha xujjatlari
7.1 Xujjat turlari
Ko‘pincha dasturchilar butun diqqatlarini tobora ko‘p miqdordagi va tobora murakkab vazifalar ishlab chiqarishga qaratadi va xujjatlar bilan ishlashga keragicha e’tibor bermaydi. Biroq aynan yaxshi xujjatlashtirish tizimli dasturning sifat belgisidir va shuning uchun xujjatlashtirishga avvaldan etarlicha vaqt va resurslar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak, uni ishlab chiqish esa sinchiklab amalga oshirilishi kerak.
Dasturni ishlab chiqarishda xujjatlarning quyidagi turlari farqlanadi:
Xujjat turlari
|
Mo‘ljallangan guruh
|
Shakl
|
Foydalanuvchi xujjatlar
|
Foydalanuvchi
|
Ma’lumotnomadan onlayn-yordam, va CD
|
Dasturiy ta’minot bo‘yicha xujjatlar (tizim xujjatlari)
|
Dasturchi tizim ma’muri
|
Boshlang‘ich kod xujjatlari listinglar, tasniflar, diagrammalar
|
Loyiha xujjatlari
|
Buyurtmachi, menedjer
|
Axborotlar, loyiha hisobotlari
|
7.1-rasm. Xujjat turlari, shakllar va mo‘ljallangan guruhlar
Xujjatlashtirishdan maqsad shuki dasturni o‘zi ishlab chiqmagan, aloqasi yo‘q shaxslar ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot xizmatlari va qo‘llanishi qanday bo‘lsa, uning qurilish va ichki tuzilishi ham shunday ekanligini tushunib tasavvur qila olsinlar.
Dostları ilə paylaş: |