8.3.6 Web-dasturlash tillari
Uy sahifachasi (Homepages)dan ko‘p sonli xizmatlar va ma’lumotlarga kirish huquqini olish uchun Web-dasturlashning maxsus tillari ishlab chiqilgan. Bugungi kunda:
PHP4/5
ASP.net lar eng muhimlaridir.
ASP.net Microsoft ishlanmasi bo‘lgan bir paytda, PHP ulkan butun dunyo Open-Source Community tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va ishlanmoqda. Bugungi kunda PHP ASP.netga nisbatan ancha keng tarqalgan. Buning asosiy sababi shundaki, PHPni osongina qo‘lga kiritish mumkin va u kengayuvchan. Har ikkala tillar ob’ektga mo‘ljallangan.
Dasturlashning keyingi turi bu - JavaScript. Uning yordamida Web-sayt uchun kichikroq dasturlar yozish mumkin, biroq ancha jiddiyroq dasturlarning JavaScriptda ishlab chiqish dargumon.
8.3.7 Tasvurlash tillari
Web-sahifani ko‘rsatish uchun hamma joyda HTML (Hypertext Markup Language, gipermatn belgilari tili) tasdiqlandi. PHP yoki ASP.netda Web-ilova yozilish yozilmasligidan qat’iy nazar, Web sahifalarni formatlashni HTML da o‘tkazish mumkin.
Keyingi tasvurlash tili XML (eXtensible Markup Language, belgining kengayavchan tili) dir. Kim HTML ni egallagan bo‘lsa, XML bilan katta muammolarga yo‘liqmaydi. XML yordamida nafaqat Web-sahifalarni formatlash mumkin, balki axborot almashish va boshqa tasvirlarni saqlab qo‘yish mumkin.
Uslublarning kaskad jadvallari yordamida (Cascading Style-Sheets (CSS)) Web – sahifalarni yagona uslubda jiddiy qiyinchiliklarsiz formatlash mumkin. HTML-Web-sahifalarni formatlashni eng yaxshishi CSS yordamida o‘tkazgan ma’qul.
Ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlar bazasi so‘rovi
Ma’lumotlar bazasidan olingan axborotni o‘qish uchun, avvalo tildan foydalanish kerak. U SQL (Structured Query Language), ya’ni tartiblangan so‘rovlar tilidir. Til ko‘pincha ingliz so‘zlariga o‘xshash qisqa operatorlardan iborat.
SQL ma’lumotlar bazasining eng keng tarqalgan, biroq sintaksisi tizimdan tizimga biroz farq qilib boradi. Shuningdek, SQL ning barcha elementlarini har qanday tizim ham qo‘llab quvvatlayvermaydi.
Birinchi kompyuterlar vaqtidan boshlab hozirgi kungacha dasturlash tilining beshta avlodi ishlab chiqilgan. Ob’ektga mo‘ljallangan 4 avlod tillari (mas.C++), 5 avlodning vizual tillari (mas. VisualBasic, .net ), Web tillari (mas. PHP, XML) va SQL ma’lumotlar bazalariga rasmiy savollar tili dolzarbdir.
Dostları ilə paylaş: |