Dasturiy taʼminot



Yüklə 36,68 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#133154
MUstaqil ish


Mavzu:Dasturiy taʼminot
Dasturiy taʼminot yoki Software bu komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi.Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan
atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar
toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq,„ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi.Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi
vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi:Task Manager Windows OSda mavjut,2-Amaliy unga aniq bir
foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar(bular dasturlassdir).Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi.Shuning uchun ham mos ravishda
hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiykonfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi.
Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blokmodulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat.Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin.Qurilmalarning, markaziy prosessorga(Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki
qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar,qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi.Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq
saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik,birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik,apparatli interfeys deb ataluvchi o’tishapparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa
qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun,ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dasturiy ta’minot Dastur –
buyruqlarning tartiblangan ketmaketligidir.Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda,dasturiy va apparat ta’minot, doimo
uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganda qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy
konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar,
quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta satrlar darajalarga
taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti satrlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni
o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir.
Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara
olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat
vositalari bilan aloqaga javob beradi.Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va
ma’lumotlar doimiy xotira (DX)mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash
jarayonida o’zgartirish mumkin emas.Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy
xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan
tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda bajariladi. Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur,kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro
bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Amaliy dasturiy ta'minot Xizmatchi dasturiy ta'minot Asos dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta’minot Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining
dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Masalan,hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun,tizimli darajada dastur o’rnatilishi kerak.
Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi. Tizimli
sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga javob beradi.Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga
ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o’ziga qulay ko’rinishda olish imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini Кompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdoligi bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning to’liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko’rib o’tamiz, bu erda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo’lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni operatsion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir. Xizmatchi dasturiy
ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog’langan.Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi
(ularni utilitalar deb ham ataladi)kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Кo’p hollarda ular,tizimli dasturlarning funksiyasini
kengaytirishga va yaxshilashga mo’ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar,boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo’lishi mumkin, ba’zida esa ular OT funksiyasinikengaytirishga xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot. Bu sath dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni echishga yordam beradigan amaliy dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko’p bo’lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o’qitish va
dam olishga mo’ljallangan masalalarini o’z ichiga oladi. Bu dasturlar ko’pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va
ilovalar mavjudligidir. Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o’rtasida o’zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi),hisoblash tizimi universalligi, amaliy
dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko’lamligi foydalanilayotgan operatsion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o’z ichiga olganligi va u uch
tomonlama o’zaro bog’lanish, ya’ni inson– dastur qurilma bog’lanishni qay tarzda ta’minlashiga bevosita bog’liqdir.Amaliy dasturiy vositalarni sinflarga ajratish. Matn redaktorlari (taxrirlagichlar). Amaliy dasturlarning bu sinfi dasturlarning asosiy funksiyasi matnli ma’lumotlarni kiritish va taxrirlashdan iboratdir. Qo’shimcha funksiyalari esa kiritish va taxrirlash jarayonini avtomatlashtirishdir.
Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash uchun, matn redaktorlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu holat ixtiyoriy
amaliy dasturlar uchun ham xosdir.Кompyuter tizimi bilan o’zaro muloqatda bo’lish ko’nikmalarini hosil qilishda va amaliy dasturiy ta’minot bilan tanishishda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlashadi. Matn
prosessorlari. Matn prosessorlarining redaktorlardan farqi shundaki, ular matnni kirgizib, taxrirlabgina qolmay, balki uni formatlaydi ham. Mos ravishda matn prosessorlari asosiy vositalariga (grafika,
jadval) natijaviy xujjatni tashkil etuvchilari – matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlar o’zaro aloqalarini ta’minlash vositalari kiradi, qo’shimchalariga
esaformatlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalari kiradi.Xujjatlar bilan ishlashning zamonaviy
uslubi (stilь) ikkita alьternativ yondoshishni qog’ozdagi xujjatlar va elektron xujjatlar (qog’ozsiz texnlogiya)bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning
uchun ham, matn prosessorlari vositalari bilan xujjatlarni formatlash to’g’risida gapirilganda, ikkita har xil yo’nalishlar –bosmadan chiqarishga mo’ljallangan xujjatlarni formatlash va ekranda aks
ettirishga mo’ljallangan elektron xujjatlarni formatlash ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishlar usul va metodlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Mos ravishda,matn prosessorlari ham bir-biridan farq qiladi,ammo ularning ko’plari o’zida bu ikki
yo’nalishni birlashtiradi. Grafik redaktorlar. Bu sinfga xos dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va (yoki)
yaratishga mo’ljallangan. Bu sinfda quyidagi kategoriyalar mavjud: rastrli redaktorlar, vektorli redaktorlar va uch o’lchamli grafika bilan ishlovchi dasturiyvositalar (3Dredaktorlar). Rastrli redaktorlar, grafik ob’ekt, rastrni tashkil etuvchi nuqtlar kombinasiyasi ko’rinishida berilgan bo’lsa, bu tasvirlarda ranglar va yorqinlik asosiy rolni o’ynaydi. Bunday yondoshish, grafik tasvir har xil yorqinlikda bo’lsa va ob’ekt elementlari rangi to’g’risidagi ma’lumot uning formasi to’g’risidagi ma’lumotdan ahamiyatli bo’lgan hollarda samaralidir. Bunday
xususiyatlar ko’proq fotografiya va poligrafiya tasvirlariga xosdir. Rastr redaktorlari tasvirlarga ishlov berishda,fotoeffekt va badiiy kompozisiyalarni
yaratishda keng qo’llaniladi. Vektorli redaktorlar, rastrlilardan tasvirlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tasvirlash usuli bilan farq qiladilar. Vektorli tasvirning
elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashish chizma grafika ishlari uchun xosdir. Bu holda tasvirning aloxida nuqtalari rangi emas,balki chiziqlar formasi ko’proq ahamiyatga egadir. Vektorli redaktorlarda har bir chiziq 3-darajali matematik chiziq sifatida ko’riladi va shunga mos
ravishda u nuqtalar kombinasiyasi ko’rinishida emas, balki matematik formula sifatida tasvirlanadi
(kompyuterda bu formulaning sonli koeffisientlari saqlanadi). Bunday tasvir,rastrliga qaraganda anchagina ixcham bo’lib, ma’lumotlar kam joyni egallydi.Ammo har qanday ob’ektni qurish,nuqtalarni ekranda oddiy tasvirlash bilan emas, balki uzluksiz ravishda egri chiziq parametrlarini ekran va bosma tasvir koordinatalarida qayta hisoblash bilan olib boriladi. Albatta, vektorli grafikada ishlash, quvvati katta hisoblash tizimlarini talab qiladi. Vektorli redaktorlar tasvirlar yaratish uchun qulay, ammo amalda tayyor rasmlarga ishlov berishda
ishlatilmaydi. Ular ko’proq reklama biznesida ishlatiladi va ularni polegrafik nashrlar muqovasini bezashda foydalaniladi. Demak, ular badiiy ish
chizma ishiga yaqin bo’lgan hamma hollarda ishlatiladi. Uch o’lchamli redaktorlar. Bu redaktorlardan uch o’lchamli kompozisiyalarni yaratishda foydalaniladi. Ular ikki xil o’ziga xos
xususiyatga ega. Birinchidan,tasvirlanayapgan ob’ektni uch o’lchamliligini ko’rsatish uchun ob’ekt sirti xossalari bilan yorug’lik manbasi o’rtasidagi o’zaro ta’sirni mos ravishda boshqarish; ikkinchidan, uch o’lchamli annimasiyani yaratish imkonini beradi.Shuning uchun ham uch o’lchamli grafika
redaktorlarini 3D-animatorlar deb ataladi.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi
ma’lumotlar bazalariga aytiladi.Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari
quyidagilardir:
• Ma’lumotlar bazasining bo’sh (to’ldirilmagan) tuzilishi(struktura)ni yaratish;
• Ma’lumotlar bazasini to’ldirish yoki boshqa MBining
jadvalidan jo’natish (import)vositalari bilan ta’minlash;
• Ma’lumotlarga murojaat imkoniyati va shu bilan birga qidiruv va filtrasiya vositalari bilan ta’minlash. MB ining ko’p tizimlari, qo’shimcha ravishda ma’lumotlarga ishlov berish va ularni oddiy taxlil qilish imkoniga ega. Natijada, MB ining mavjud
jadvallari asosida yangilarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining jad’al suratda rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga, umumjahon kompyuter tarmoqlari serverlarida joylashgan taqsimlangan va masofadagi resurslar bilan ishlash imkoniyati talabi qo’yiladi. Elektron
jadvallar. Elektron jadvallar har xil tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning turli kompleks vositalarigaega. Ma’lum darajada elektron jadvallar,ma’lumotlar bazalarini boshqarish
tizimlariga o’xshash, ammo ularda asosiy urg’u ma’lumotlarni saqlash va ularga murojaatni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ularning mazmuniga mos ravishda o’zgartirishga buriladi. MB asosan ma’lumotlarning har xil tiplari (sonli va matnli ma’lumotlardan tortib ta’minlash vositalari deb ataladi.MB lari asosan ma’lumotlarning har xil tiplari
(sonli va matnli ma’lumotlardan tortib multimediali ma’lumotlargacha) ishlaydi,elektron jadvallar esa ko’proq sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ammo shu
bilan birga, elektron jadvallar sonli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlashning bir qancha usullarini taqdim etadi. Loyihalashning avtomatlshtirilgan tizimlari (SADtizimlar).Bu tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va
arxitekturada qo’llaniladi. Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar oddiy hisoblashlarni (mn, detallar chidamliligini) bajaradi va keng ko’lamdagi ma’lumotlar bazalaridan tayyorkonstruktiv elementlarni tanlaydi. SAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki,u loyihalashning hamma
bosqichlarida,loyihani texnik shartlar,qoida va meyorlar bilan avtomatik tarzda ta’minlaydi, bu esa arxitektor va konstruktorlarni ijodiy xarakterga ega
bo’lmagan ishlardan ozod qiladi.Masalan, mashinasozlik SAD-tizimlari umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida detallarning ishchi
chizmasini va kerakli texnik xujjatlarni tayyorlaydi. Кichik nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini
avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bu sinf dasturlari, matn redaktorlari va avtomatlashgan loyihalash tizimlari orasidagi o’rinni egallaydi. Ekspert tizimlari. Bu tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma’lumotlarni taxlil qilish va ular asosida, foydalanuvchi so’rovnomasi bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan. Bunday
tizimlar, echim qabul qilish uchun keng ko’lamda maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi. Bunday tizimlar qo’llaniladigan asosiy sohalar
xuquqshunoslik, medisina, farmakologiya va boshqalardir. Medisina ekspert tizimlari, kasallik belgilari bo’yicha tashxis(diagnoz) qo’yish, dori-darmon tayinlash va davolash kursini rejasini aniqlashga yordam beradi. Xuquqshunoslikda esa,
hodisa belgilari bo’yicha, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlari uchun choralar belgilash tartibi va xukm qabul qilishda yordam beradi. Ekspert tizimlarining o’ziga xos xususiyati ularning o’zini
sifatini oshirish va rivojlantirish xususiyatidir. Boshlang’ich ma’lumotlar,bilimlar bazasida faktlar ko’rinishida saqlanadi, ekspert mutaxassislar
tomonidan ular orasida munosabatlarning ma’lum tizimi o’rnatiladi. Va shundan so’ng, ekspert tizimi u yoki bu savollar bo’yicha maslahat va tavsiyalar beradi. HTML (Web) redaktorlar. Bu o’zida, matn va
grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-xujjatlarni tayyorlashga
mo’ljallangandir.Web xujjatlar deb,ularni tayyorlashda, internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi.Nazariy jixatdan Web-xujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va prosessorlaridan va shu bilan birga
vektorli grafik redaktorlarning ba’zilaridan ham foydalanish mumkin.Ammo Web-redaktorlar Webdizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega.Shuning uchun ham,bu sinf dasturlaridan elektron xujjatlar va multimedia
nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin. Brauzerlar-( Web ni ko’rish vositalari). Bu kategoriyaga HTML formatida (bu format xujjatlari Web-xujjat sifatida ishlatiladi) yaratilgan va elektron
xujjatlarni ko’rish uchun mo’ljallangan dastur vositalari kiradi. Zamonaviy bruzerlar yordamida tekist va grafikani ko’ribgina qolmasdan, balki musiqa, ovoz,internetdagi radio eshittirishlarni eshitish,videokonferensiyalarni ko’rish, elektron
pochta xizmatidan foydalanish,telekonferensiyalar tizimida ishlash va boshqa ko’pgina ishlarni bajarish
mumkin. Ish yuritishning integrallashgan tizimlari. Bu dasturlar, boshliq ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iboratdir. Bunday tizimning asosiy funksiyalariga oddiy xujjatlarni yaratish, tuzatish va
formatlash, elektron pochta, faksmil va telefon aloqa funksiyalarini markazlashtirish, korxona xujjat
almashinuvini kuzatish (monitoring),korxona bo’limlari faoliyatini koordinasiyalash, rahbariyat va xo’jalik faoliyatini optimallashtirish va so’rovnomalar bo’yicha ma’lumotlar berish kiradi. Buxgalteriya tizimlari. Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval redaktorlari,elektron jadvallar va ma’lumotlarni bazalarining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya xujjatlarini
tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashtirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan.
Bundan tashqari bu tizim, korxonaning,soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan muntazam hisobotlarini olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning
ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi. Albatta bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi, har xil vositalar muxitlarini bitta tizimda mujassamlaganligi bilan qulaydir.Moliyaviy analitik tizimlar. Bu sinf dasturlari, bank va birja kabi
tashkilotlarda foydalaniladi. Ular moliya,tovar va xom ashyo bozorlaridagi holatni nazorat qilish va oldindan ko’ra olish, ro’yberayotgan hodisalarni taxlil qilish,axborot va hisobotlar tayyorlash uchun
ishlatiladi. Geoma’lumot tizimlar.Aerokosmos va topografik usullarda olingan ma’lumot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish
uchun mo’ljallangan tizimlardir.Videomontaj tizimlari. Bu tizimlar videomateriallarga raqamli ishlov berish,
ularni montaj qilish, videoeffektlar yaratish, defektlarni olib tashlash, tovush,titr va subtitr qo’shish uchun mo’ljallangan. Amaliy dasturiy vositalarining alohida kategoriyalari,o’qitish, malakani oshirish, ma’lumot va ko’ngil ochar tizim va
dasturlardan iboratdir. Bu dasturlarning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularda multimedia tashkil etuvchilariga bo’lgan talab yuqoridir. Ya’ni musiqa kompozisiyalari, grafik annimasiya va
videomateriallardan foydalanish ko’zda tutiladi. Xizmatchi dasturiy vositalarni sinflarga ajratish Fayl dispetcherlari (faylmenedjerlari). Bu sinf dasturlari
yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina amallar bajariladi, ya’ni: nusxa olish, joyini o’zgartirish, fayl nomini o’zgartirish
katalog (papka) yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigasiya. Bu maqsadlarga mo’ljallangan dastur vositalari odatda tizimli satx dasturlari tarkibiga kiradi va OT bilan birgalikda
o’rnatiladi. Ammo, kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun ko’pginafoydalanuvchilar, qo’shimcha xizmatchi dasturlarni o’rnatadilar. Ma’lumotlarni
zichlashtirish vositalari (arxivatorlar).Ular arxivlar yaratish uchun mo’ljallangan.Ma’lumotlarni arxivlashtirish, fayl va kataloglarning katta guruhlarini bitta arxiv fayliga jamlash hisobiga saqlashni osonlashtiradi. Bu holda arxiv fayllari ma’lumotlarni yuqori darajada zichlashtirib yozish hisobiga,
ma’lumotlarni saqlash qurilmalari samaradorligini oshirish imkonini beradi.Arxivatorlar ko’pincha qimmatli ma’lumotlardan rezerv nusxa olish uchun
ham foydalaniladi. Кo’rish va aks ettirish vositalari. Odatda ma’lumotlar fayllari bilan ishlash uchun ularni o’z muhitiga, ya’ni ular o’zi ishlab chiqilgan amaliy
muhitga yuklash kerak. Bu esa, xujjatlarni ko’rib chiqish va ularga o’zgartirish kiritish imkonini beradi. Ammo xujjatlarni o’zgartirmasdan faqat ko’rib chiqish
zaruriyati bo’lgan hollarda, har xil tipdagi xujjatlarni ko’rishga imkon beradigan oddiy va universal vositalardan foydalanish qulaydir. Diagnostika
vositalari. Apparat va dasturiy ta’minot diagnostika jarayonini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ular kerakli tekshirishlarni o’tkazib, yig’ilgan ma’lumotlarni qulay va yaqqol ko’rinishda beradi. Bu ma’lumotlardan, buzilishlarni tuzatish uchungina ham emas, balki kompyuter tizimi ishini optimallashtirish uchun ham ishlatiladi. Nazorat
(monitoring) vositalari. Nazorat vositalarini ba’zan monitorlar deyiladi.Ular, kompyuter tizimida ro’y beradigan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil xolat bo’lishi mumkin: real vaqt rejimida kuzatish yoki natijalarni maxsus protokol fayliga yozish bilan nazorat qilish. Birinchi xolat odatda hisoblash tizimini optimallashtirish yo’lini
qidirishda va uning samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Ikkinchi xolat odatda, monitoring avtomatik xolda va (yoki) masofadan bajarilsa foydalaniladi.O’rnatish monitorlari. Bu kategoriya
dasturlari dasturiy ta’minotni o’rnatishni nazorat qilish uchun mo’ljallangan. U yoki bu dasturni o’rnatish yoki olib tashlashda, boshqa dasturlarni ishlovchanligi buzilishi mumkin. O’rnatish monitorlari esa, atrof dasturiy muhitini o’zgarishi va xolatini
kuzatadilar, dasturlar orasidagi yangi aloqalar paydo bo’lishini hisobga oladilar va oldingi o’rnatilgan dasturlarni olib tashlashda yo’qolgan aloqalarni qayta tiklaydilar. Dasturlarni o’rnatish va olib tashlashni boshqaradigan oddiy vositalar odatda operatsion tizimning tarkibiga kiradi va ular tizimli dasturiy ta’minoti sathida joylashgan bo’ladi, ammo ular yetarli emas. Shuning uchun ham, yuqori
darajadagi ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash tizimlarida qo’shimcha shunday xizmatchi dasturlardan foydalaniladi. Кommunikasiya vositalari
(kommunikasiya dasturlari). Elektron aloqa va kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan bu sinf dasturlari juda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Ular uzoq masofadagi kompyuterlar bilan aloqa o’rnatadi, elektron pochta xabarlarini uzatishga, telekonferensiyalar ishiga yordam beradi, faksmil xabarlarni uzatishni ta’minlaydi va kompyuter
tarmoqlaridagi ko’p amallarni bajaradi.Кompyuter xavfsizligini ta’minlash vositalari. Bu keng ko’lamdagi
kategoriyaga ma’lumotlarni buzilishlardan ximoya vositalari va shu bilan birga ma’lumotlarga huquqsiz
murojaat, ularni ko’rish va o’zgartirishdan himoya vositalari kiradi. Bu dasturlarga,masalan, antivirus dasturiy ta’minoti kiradi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi Tovoqsoy ko’p tarmoqli texnikumi


Mustaqil ish


Fan:_____________________________
Mavzu:___________________________

Guruh:____________


Bajardi:____________
Tekshirdi:__________
Yüklə 36,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin