Dasturlash / Ma ’ lumotlar bazalari


Dasturlar ishlab chiqishning test usullari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə21/59
tarix23.02.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#85286
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6

4. Dasturlar ishlab chiqishning test usullari


O‘quv maqsadi


O‘quvchi eng muhim test usullarini biladi va uni misollarning biri orqali tushuntirib bera oladi


Tarkibi


Yozuv stoli oldidagi test
Black Box <> White Box
Test ma’lumotlari
Modul testi
Umumiy test

Dastur ishlab chiqilayotganda, ya’ni dasturning oxirgi, tarjima qilsa bo‘ladigan va umuman olganda ishlaydigan kodi (Quellcode) mavjud bo‘lsa, unda dasturning ushbu kodi istalgan talablarga muvofiq kelish-kelmasligi tekshirib ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Bu test nazorati (testlash) deb ataladi.


Testlash sifat kafolatining bir qismidir (5-bobga qarang). Test nazoratining ko‘p ko‘rinish va usullari mavjud. Bu bobdagi namunalarda eng muhim usullar ko‘rsatiladi va izohlanadi.
Testlash – bu havaskor dasturchilar qo‘llashni sevadigan sinov emas. Professional dasturlar muntazam ravishda testdan o‘tib turishlari, funksionallik tasnif (spesifikatsiya) bilan mosligini xujjat bilan tasdiqlash uchun esa test natijalari xujjatlashtirilishi kerak.
Hech bir test dasturning 100% aniqlikni tasdiqlay olmaydi. Har bir test ma’lum shart-sharoitlarda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot istalgan natijani berishnigina tasdiqlash mumkin. Dasturiy ta’minot sohasida (2-bobga qarang) dasturning funksionalligi qanchalik aniqroq bayon qilingan bo‘lsa, uning ishlashini shunchalik aniqroq tekshirish mumkin.
Testlar dasturchilar tomonidan ham, dasturlash bilimlariga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ham o‘tkaziladi. Ko‘pincha foydalanuvchilar dasturchilarning hayollariga ham kelmagan shunday yo‘llar bilan ham dasturdan foydalanadilar.
Shu tarzda xatolar topilishi va tuzatilishi mumkin.
Testlashning turli xil usullarini kengroq tushintirish uchun quyida oydinlashadigan oddiy misol tanlaymiz: «Bubblesort» navlash algoritmi.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin