Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə11/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Dasturlash asoslari

Foydalanuvchi interfeysi

Alohida foydalanuvchilar uchun masalan, kutishga ruxsat, printer muhiti va dasturiy muhitga nisbatan qanday ixtisoslarni oldindan ko‘zda tutish kerak?
Dasturiy ta’minot tizimi foydalanuvchi xatosini (mas. ma’lumotlarni nojoiz kiritish) va dasturning o‘zini noto‘g‘ri tutishini qanday qabul qiladi va xato haqida foydalanuvchiga qanday xabar beradi?
Foydalanuvchi bilan dialog qanday shaklda o‘tkaziladi? Konsolli interfeyslar haqida gap ketayaptimi yoki grafik interfeyslarga intilishmoqdami?

Ixtisoslashtirilgan reja doirasida 2-jadvalga muvofiq ma’lumotlarga ishlov beruvchi qurilmalar tavsifi va ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot uchun aytib o‘tilgan vazifa qo‘yilishga javoblarni o‘z ichiga oladi. Hozircha amalga oshirishning alohida dasturiy texnik jihatlari haqida mulohaza bildirishdan tiyilish kerak. Huddi shu tufayli ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot tizimini dasturiy-spetsifikatsyalini amalga oshirish tafsilotlariga berilmasdan, dasturiy ta’minotga talablarni o‘rganish bosh vazifadir. Bu tartib, boshqalar qatorida, dasturiy ta’minotni turli-tuman operatsion tizimlariga keyinchalik ko‘chirishga imkon beradi (ta’minot dasturining harakatchanligi).


Tadqiqot natijalari va haqiqiy ahvol va ixtisoslashtirilgan reja tahlili, masalalar qo‘yilishiga javoblar umumlashtirilgan holda texnik topshiriqda to‘planadi. Agar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish AKT firmasiga topshirilsa, unda ushbu texnik topshiriq pudratning tuziladigan shartnomasi yoki mehnat shartnomasi uchun asosdir. Bu shartnomada dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha firma tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan va pudratchi hamda buyurtmachi uchun majburiy bo‘lgan talablar qat’iy belgilanadi.
Texnik topshiriq yuqorida ko‘rsatilgan faza bo‘yicha natija sifatida maxsus aniq (oxirgi) rejaga ega. Muayyan realizatsiya (dasturlash) shubhasiz avvaliga faqat xomaki holda tavsiflanganligi sababli, mazkur realizatsiya va tadbiq qilish nuqtai nazaridan texnik topshiriq faqat dasturiy-texnik, shakilda xomaki rejaga ega bo‘ladi.


Ixtisoslashtirilgan reja fazasida ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot masalalari tavsiflanadi. Haqiqiy ahvol tahlili natijalari bilan birga Ixtisoslashtirilgan reja texnik topshiriq ko‘rinishida hujjatlashtiriladi. Texnik topshiriqdagi muayyan dasturiy texnik tafsilotlar faqat taxminan bayon qilinadi.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin