Yil
|
Til
|
Sintaksis
|
1959
|
LISP
|
Eng avvalo sun’iy intellekt sohasida, sonli bo‘lmagan masalalarning qo‘yilishi uchun ro‘yxatlashga mo‘ljallangan til.
|
1982
|
C++
|
Sintaksis C tilidan o‘zlashtirilgan.
|
Ehtimol, bugungi kunda C++ eng muhim dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Microsoft Office va Microsoft Windowsning qismlari C++da yozilgan.
8.3.5 5-avlod vizual dasturlash
Dasturlashning shu vaqtgacha mavjud tillari bilan ishlash har doim kirish konsolidan amalga oshirilgan. Xizmatda bugungi kundagidek oson va qulay formulalar bo‘lmagan. Vizual dasturlash tufayli Windows formulalarini tez va oddiy loyihalash va dasturlash mumkin bo‘lgan instrumental muhit ishlab chiqilgan.
Yil
|
Til
|
Sintaksis
|
1995
|
Java
|
Sintaksis ko‘p jihatdan C tilidan o‘zlashtirilgan, til ob’ektga mo‘ljallangan.
|
2000
|
Visual Basic 6
|
Sintaksis Basicning ulkan ta’siri ostida, yomon dasturlanganda kod juda qiyin o‘qiladi.
|
2002
|
C#.net
|
Ko‘p jihatdan C-sintaksisi, ozgina Visual Basic ta’siriga uchragan.
|
2002
|
C++.net
|
C++dagidek sintaksisga ega
|
2002
|
VB.net
|
Ayrim o‘zgarishlar bilan Visual Basic sintaksisining o‘zidir.
|
Java shunday katta afzallikka egaki, u platformaga bog‘liq emas, ya’ni Java-dasturlarni Windows, Macintosh va Linux operatsion tizimlarida ham bajarish mumkin.
Visual Basic dasturlarni ishlab chiqishni ancha tez o‘rganishga imkon beradi, biroq u faqat qisman ob’ektga mo‘ljallangan.
Microsoft dan net Java ga o‘xshash qurilgan. Net dasturlari ham platformaga bo‘g‘liq emas. Net bilan barcha dasturlash tillari ob’ektga mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |