6-bobda tavsiflangan dasturiy ta’minot sifat belgilari xizmat ko‘rsatishga loyiq dasturlarni aniqlab olish uchun eng muhim indikatorlardir. Biroq, bular etarli emas va shunday qilib, dasturga xizmat ko‘rsatishi kerakmi yoki yo‘qligini aniqlab olish uchun ikkita usul ajratiladi:
Portfolio-tahlil
ABC-tahlil
Portfolio-tahlilda tashkilotning foydalanayotgan dasturlari tahlil qilinadi va Portfolio-diagrammasiga kiritilgan ikkita mezon bo‘yicha baholanadi (6.4-rasmga qarang):
Texnik sifat;
Texnik-iqtisodiy sifat.
Har ikkala mezon ikkala tushunchani aniqroq tavsifalashga yordam beradigan yana boshqa mezonlar bilan aniqlashtirishga muhtojdir.
Texnik sifatga quyidagilar tegishli:
Texnik iqtisodiy sifatga quyidagilar kiradi:
Tashkilot uchun muhimlik;
O‘xshashlik;
O‘rganish imkoniyati;
Chidamlilik.
Sifatning aytilgan belgilari o‘zgarmas emas va turli tashkilotlarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Buni keyingi misolda tushuntirib berish mumkin:
Tashkilot ekspluatatsiyaga 10 ta tizimli dastur kiritadi. Har bir tizimli dastur xizmatining qanday ustunligi bo‘yicha zarurligini aniqlash kerak.
Birinchidan har bir dastur uchun uning texnik sifati uchun ahamiyati va texnik iqtisodiy sifati uchun ahamiyati aniqlanadi. Buni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan jadvalda hisoblab chiqiladigan 10 ballik tizim (10-juda yaxshi sifat, 1-juda yomon sifat) bilan aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |