8.3.2 3-avlod, birinchi faza yuksak darajali birinchi tillar
Haddan tashqari murakkab va mufassal o‘qiluvchi mashina tili kodlari sababli 50 – yillar o‘rtasidan boshlab yuksak darajali birinchi tillar, hammadan avval FORTRAN ishlab chiqila va qo‘llana boshlandi.
Yil
|
Til
|
Sintaksis
|
1953
|
Fortran
|
Hisoblar tabiiy-ilmiy sohada, ilmiy formulalarga ixtisoslashadi.
|
1956
|
Algol
|
Dasturiy kodda birinchi marta ingliz so‘zlariga o‘xshash buyruqlardan foydalanish mumkin edi. Endi dasturlar ancha tushunarli edi. Algol dasturlashning barcha protsedura tillarining o‘tmishdoshidir.
|
1959
|
Cobol
|
Tijorat va ishlab chiqarish – iqtisodiy qo‘llashga ixtisoslashadi.
|
1980
|
Basic
|
Dasturlashning juda sodda tili, bir necha soat ichida o‘rganish mumkin, lekin imkoniyatlari ancha cheklangan. Basic barchaga dasturlash imkoniyatini berishi lozim bo‘lgan.
|
Hozirgi kunda Basic ilgarigidek boshlovchi dasturlar tomonidan qo‘llaniladi, boshqa tillar-ilmiy tadqiqotlar sohasidagi FORTRANni istisno qilganda-ishlab chiqish uchun boshqa qo‘llanilmaydi.
Cobol o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Bu tilda bugun barcha dasturiy ta’minotning, jumladan universal hisobot IBM mashinalarida, yarmidan ortiqrog`i yozilgan. Bu dasturlar ko‘proq 60-70 yillarda yaratilgan. Modomiki bugun Cobol tilini ko‘pchilik bilmas ekan, unda bu dasturlarning texnik xizmat ko‘rsatishi muammoli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |