1. PYTHON DASTURLASH TILI. Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi.
ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi.
2. PYTHON DASTURLASH TILINI OʻRNATISH.
Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga unda dasturlash juda ham yoqimlik.
Rasmiy sayt –www.python.org Python dasturlash tili muallifi – Gvido van Rossum (Гвидо ван Россум)
Python samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi (предоставляет эффективные высокоуровневые структуры данных,) va oddiy, lekin samarador ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.